Bir ko‘zli odamlar

  • 22 sentyabr 2016, 15:24
  • 7 686
  • Hayot tarzi
  • Bir ko‘zli odamlar

    Bir orolda o‘ta bir dangasa odam yashardi. U doim birdaniga boyib qolish haqida o‘ylar ekan.

    Bir kuni u yaqindagi orolda bir ko‘zli odamlar istiqomat qilishi haqida eshitib qolibdi. “Bir ko‘zli odamdan bittasini tutib olib kelib, qafasga solib qo‘ysam uni tomosha qilganlardan pul olib, tez orada boyib ketaman”- deb o‘ylabdi u. Shum niyatini amalga oshirish uchun dangasa bir g‘ayrat qilib, qo‘shni orolga etib olibdi. Sohilda u bir ko‘zli odamni ko‘rib hayratda qolibdi, u ham o‘z o‘rnida ikki ko‘zli insonni endi ko‘rishi ekan. Dangasa u bilan tanishib, o‘zi bilan birga ketishni unga taklif qilibdi. Bir ko‘zli odam rozi bo‘libdi, biroq avval yur, meni qarindoshlarim bilan tanish, mehmonim bo‘l debdi, mezbon. Dangasa rozi bo‘lib uni uyiga boribdi. Yangi mehmonni tomosha qilgani qo‘ni-qo‘shnilar yig‘ilishibdi. Bundan foydalanmoqchi bo‘lgan bir ko‘zli inson mehmonni qafasga solib u orqali pul topa boshlabdi.

    Nafisa tarjimasi

    Manba: Diydoraziz.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bir ko‘zli odamlar