13:06 / 15.10.2016
9 575

Siz qanday do‘stsiz?

Siz qanday do‘stsiz?

O‘zingizni qanday do‘st ekanligingizni bilasizmi yoki bilishni hoxlaysizmi? Keling quyidagi testni bajarib ko‘ramiz va qanday do‘st bo‘laolishimizni bilib olamiz.

1.Tasavvur qiling, sizning o‘rtog‘ingiz o‘zining yangi tanishi bilan sizni tanishtiradi, siz qanday munosabatda bo‘lasiz?
1. Yangi tanishdan boshiz ko‘kga etadi -3 ball
2. Uni yangi do‘st deyishdan oldin, avval uni tajribadan o‘tkazaman -1 ball
3. Birinchi uni yaxshi tomonlarini o‘rganaman -2 ball

2. Do‘stingiz bergan va’dasining ustidan chiqmadi, qanday yo‘l tutasiz?
1. Undan ranjiyman, keiyngi safar unga ishonmayman -2 ball
2. Uning nega bajara olmaganligini o‘rganib ko‘raman -3 ball
3. Undan to‘g‘ridan—to‘g‘ri buning sababini so‘rayman -1 ball

3. Boshqalar bilan turganingizda do‘stingiz sizga qupol munosabatda bo‘lsa?
1. Mavridini topib, menga noqulaylik tug‘dirganini va boshqa bunday xato qilmasligi uchun tanbeh beraman -2 ball
2. Men ham shu zahoti shunday javob qaytaraman -1 ball
3. Shunday yo‘l tutamanki, go‘yoki uni sezmagandek -3 ball

4. Do‘st tanlayotganingizda nimaga e’tibor qaratasiz?
1. Uning tashqi qiyofasiga -1 ball
2. Muloqot olib borishiga -3 ball
3. Uning bunga munosabatiga -2 ball

5. Tasavvur qiling, tanlagan do‘stingiz ota-onangizga ma’qul emas?
1. Ota-onamga yoqmagan inson bilan do‘st bulolmayman -2 ball
2. Ota-onamning qarshiligi meni qiziqtirmaydi, ular hamma haqida ma’lumotga ega emasku -1 ball
3. Ota-onamdan buning sababini so‘rayman -3 ball

6. Do‘stingizning do‘sti sizga ma’qul emas, buni qanday aytasiz?
1. Unga u bilan do‘st bo‘lsada, men va u oramizdagi fikrlarni aytmasligini tushuntiraman -3 ball
2. Uni yoki meni tanlashini so‘rayman -1 ball
3. Bunday holatni ahamiyatsiz qoldiraman -2 ball

7. Eng yaqin do‘stingiz sirlarizni oshkor etganda qanday munosabat bildirasiz?
1. Bu yaxshi odat emasligi tushuntiraman -3 ball
2. U bilan aloqani uzaman -1 ball
3. Shunchaki nega bunday qilganini o‘rganaman -2 ball

8. Do‘stingiz sababini sizga etmasdan, katta miqdorda pul surasa, qanday yo‘l tutasiz?
1. Sababini so‘rab albatta topib berishga harakat qilaman-1 ball
2. Ilojim yo‘q deb, sekin unga tushuntiraman-2 ball
3. Boshqalarga murojaat etishini maslahat beraman-0 ball

Natijalar

18-24 ballgacha: Siz yaxshi do‘stsiz. Lekin do‘st tanlash qobiliyatnigiz juda a’lo darajada deb aytib bo‘lmaydi. Chunki sizda ishonuvchanlik ustunlik qiladi. Sizda haqiqiy do‘stlardan ko‘ra yaxshi tanishlaringiz ko‘p. Boshqalar fikrini do‘st tanlayotganingizda albatta e’tiborga olasiz. Biroq ba’zida yaxshi do‘st sifatida yaxshi taassurot qoldira olmaysiz.

12-18 ballgacha: Siz yaxshi do‘st bo‘lishga harakat qilasiz. Ammo buni ustidan chiqish juda mushkuldek tuyuladi. Shuning uchun ham tez-tez do‘stlaringizni almashtirib turasiz. O‘z fikringizni birinchi o‘ringa quyasiz. Do‘stlaringiz xohishi sizga muhim emas.

12 balgacha: Do‘stman deysizu, boshqa do‘stlarizga uning sirlarini oshkor etasiz. Ishonchli do‘st emassiz. O‘zingizni manfaatlarizni birinchi o‘ringa quyasiz. Do‘stingizning qanday, nima qila olishi ahamiyatsiz. Sizda do‘st zerikganda suhbatdosh vazifasini utasa bo‘ldi degan fikr ustunlik qiladi.

Manba: Mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Siz qanday do‘stsiz?