15:28 / 17.10.2016
12 751

Achchiq qalampir saratonga qarshi kuchli vosita deb topildi

Achchiq qalampir saratonga qarshi kuchli vosita deb topildi

Amerikalik olimlar saraton bilan kurashishda yordam beruvchi vositani aniqlashdi. Bu - achchiq qalampir. The Telegraph shu haqda ma’lum qildi.

Ko‘plab ziravorlar, ayniqsa achchiq ziravorlarining zarar ekanligi haqidagi ma’lumotlarga qaramay, Harvard olimlari yarim million xitoylikni uzoq muddat kuzatib, ularning taomnomasiga e’tibor berib, ovqatga achchiq ziravorlar qo‘shib iste’mol qilgan kishilarda boshqalarga nisbatan erta o‘lim holatlari xavfi uch barobar kam ekanligini aniqlashdi.

Bu achchiq ziravorlar organizmni to‘liq himoya qiladi, degani emas, albatta. Biroq qandli diabet va yurak kasalliklari kabi o‘lim bilan tugaydigan xastaliklar xavfini kamaytirish uchun taomga karri qo‘shish maqsadga muvofiqligi aniq.

Tadqiqotchilar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, saraton kasalligining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish uchun yangi qalampir iste’mol qilish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Achchiq qalampir saratonga qarshi kuchli vosita deb topildi