19:00 / 26.10.2016
13 305

Kaftingizga qarab, sog‘ligingizni aniqlang!

Kaftingizga qarab, sog‘ligingizni aniqlang!

Tanamizning har bir qismi ichki a’zolar faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Xususan, qo‘l kafti terisidagi qizarish, qichishish yoki toshma toshishi u yoki bu kasallik alomati bo‘lishi mumkin. Quyida ana shu holatlar bilan tanishamiz.

- Qo‘l kaftining ichki qismiga qarang. Agar ushbu sohadagi teri yuzasi tez-tez qizarib yoki rangpar tusga kirsa, jigar faoliyatida biror o‘zgarish yuz berayotganini bildirishi mumkin.

- Bordiyu barmoq uchi qizarib tursa, ovqat hazm qilish tizimida bezovtalik borligiga tahmin qilinadi. Taomlangandan so‘ng qorinda og‘irlik bo‘lishi, jig‘ildon qaynashi kabilarga diqqat qiling.

- Bosh barmoq yuzasining qizarib, tez-tez qichishishi jinsiy a’zolar faoliyatiga doir o‘zgarishlarga ishora qiladi.
Qo‘l kafti terisidagi marmar naqshni eslatuvchi izlar vegetativ nerv tizimidagi buzilishlardan darak beradi. Ehtimol so‘nggi kunlarda qattiq asabiylashayotgandirsiz.

- Qo‘l kaftining ustki qismida teri qizarishi, qichishish yoki yorilishini sezsangiz, organizmingiz A va D vitaminlariga ehtiyoj sezayotgan bo‘ladi. Agar teri qichishishi tunda ham bezovta qilsa, zamburug‘larga tahlil topshirib ko‘ring.

- Barmoq uchining muzlab qolishi – qon aylanishi bilan bog‘liq buzilishlardan darak beradi. Shu bilan birga organizmda nikotin kislotasining taqchilligi ham yuzaga kelgan. hayron bo‘lmang, bu kislota tamaki mahsulotiga aloqador emas. Sut-qatiq, baliq, go‘sht va grechixa doni nikotin zahirasini to‘ldirishga yordam beradi.

- Qo‘l kaftingizni yuzingizga tekkazganingizda issiqlikni sezsangiz, jigaringiz tozalash ishlariga qiynalayotganini bilish mumkin.
Tez-tez qo‘l kaftida bir nimalar o‘rmalayotgandek tuyulsa, endokrin tizim faoliyatini tekshirtiring.

- Qo‘l terisining oqaringan ko‘rinishi qonda gemoglobin miqdorining pastlab ketganini anglatadi. Bu holatda zudlik bilan shifokorga murojaat eting.
Ko‘rsatkich barmoqning tez-tez uvishib qolayotgani yurak-qon tomir tizimidagi o‘zgarishlardan darak berishi mumkin. Yurak sohasi va kurakdagi o‘zgarishlarga diqqat qiling.

- Qo‘l kaftining ichki qismidagi teri qalinlashib, dag‘allashib ketsa, o‘t xaltasidagi muammolarga ishora bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kaftingizga qarab, sog‘ligingizni aniqlang!