21:04 / 23.11.2016
17 584

Kostyum tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?

Kostyum tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?

Kostyum erkaklar kiyimi orasida eng e’tiborga loyig‘i desak adashmagan bo‘lamiz. U erkakka viqor va savlat beradi. Lekin noto‘g‘ri tanlangan kostyum ushbu salobat va viqorni buzib qo‘yishi mumkin. Bu galgi maqolamizda kostyum tanlayotganda qaysi jihatlarga e’tibor berishingiz kerakligi haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Kostyumning badanga mos kelishi

Kostyum kiyib ko‘rayotganingizda o‘zingizni bo‘sh qo‘yib qo‘llaringizni yonga tushuring, elkalaringiz va belingizni tekis holda tuting. Shu turishingizda kostyum ustingizda juda keng yoki juda tor bo‘lmasligi kerak. Qo‘lingizni ko‘tarib ko‘ring, yoki o‘tirib-turish singari tabiiy harakatlar qiling. Bu harakatlarni qulay qila olayapsizmi yo kostyum noqulaylik tug‘dirayaptimi e’tibor bering.

Elka

Kostyum elkada tekis turishi kerak. Kostyum elkasining uzunligi elkangizning uzunligi bilan baravar bo‘lib elkaning engga ulangan qismi na osilib turishi kerak va na teppaga qarab tortilib turgan bo‘lishi kerak.

Yoqa

Kostyum yoqasi ko‘ylagingizning yoqasiga yopishib turishi kerak. Agar ikkalasining orasida masofa bo‘lsa, kostyum yoqasi keng degani. Agar kostyum yoqa qismi tor bo‘lsa yoqaning pasti bukilib turadi.

Kostyumning kengligi

Kostyum kiyib ko‘rayotganingizda kostyumning faqat tepa tugmasini qadab ko‘ring. Shunda kostyumning old qismi osilib turmasligi kerak yoki pastki qismlari yubkaga o‘xshab tashqariga qarab qolmasligi kerak

Kostyumning tugmasi oson qadaladigan bo‘lishiga e’tibor bering va tugma qadalgan joydan bukuk chiziqlar chiqib qolmasligi kerak. Kostyumning past qismi ozgina ochiq bo‘lsa bo‘ladi, lekin juda bir biridan uzoqlashib ochilib ketib, tagidan ko‘ylagingiz ko‘rinib turmasligi kerak.

Engning uzunligi

Kostyum engining uzunligi shunday bo‘lishi kerak-ki tagidan kiygan ko‘ylagingizning engi bir yoki ikki barmoq chiqib turishi kerak. Kostyum engi ko‘ylak engidan juda yuqori chiqib ketmasligi va juda pastga tushib ketmasligi kerak.

Kostyum uzunligi

Kostyum uzunligining to‘g‘ri bo‘lishi juda muhim. Kostyumning uzunligi dumbaning yarmini yopadigan bo‘lishi kerak.

Yana qo‘lingizni bo‘sh qo‘yganingizda kostyumning pasti panjangizning o‘rtasida turishi kerak

Shimning kengligi

Shimning orqa qismi orqangizda bir tekis turishi kerak. Shimning tagida ich kiyimingiz bemalol turishi kerak. Shim oyoqlaringiz orasida osilib turmasligi hamda juda tor ham bo‘lmasligi kerak.

Shimning kengligi sizga mos emasligini dumbaning tagida gorizontal (tor) yoki U-simon (keng) chiziqlar paydo bo‘lganidan bilishingiz mumkin.

Shimning uzunligi

Shimning pasti qismi oyoq kiyimingizning ustiga tushib turishi va unda bir chiziq paydo bo‘lishi kerak, lekin undan o‘tib ketmasin. Shimning orqa tarafi oldiga nisbatan sal uzunroq bo‘lib turishi mumkin. Lekin orqa poshnadan balandroqda turishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kostyum tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?