21:07 / 23.11.2016
10 625

Erkaklar kiyimidagi yigirmata xatolik

Erkaklar kiyimidagi yigirmata xatolik

Ko‘rkam kiyim faqat ayollarning emas, erkaklarning ham tashqi ko‘rinishini belgilovchi xususiyatlardandir. Agar siz 14 yoshdan o‘tgan bo‘lsangiz, kiyim kiyishda quyida sanab o‘tilgan xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling – orasta ko‘rinasiz.

  1. Pijak, ya’ni shimsiz kostyum kiyganda pastki tugmasini qadamang. U qadashga mo‘ljallanmagan. Kamzul kiyganda ham shu qoidaga amal qiling.
  2. Kostyum kiyganingizda engidagi yorliqni olib tashlang.
  3. Odatda yangi pijakning elkasida oq ipchalar bo‘ladi. Kiyishdan oldin ularni olib tashlang.
  4. Pijak cho‘ntaklari ochiq turishi kerak. Yangiligida engi tikilgan bo‘ladi, iplarini so‘kib tashlang.
  5. Pijakdagi tugmalar soni uchtadan ko‘p bo‘lsa – ortiqcha.
  6. Uch tugmali pijakning yuqoridagi tugmasini qadash shart emas. Ayrim pijaklarning qaytarma yoqasi shunday joylashadiki, yuqori tugma bir bezak o‘rnida qoladi.
  7. Uzun bo‘yinbog‘ smokingga “o‘tirmaydi”.
  8. Jigarrang botinkaga jigarrang tasma, qora botinkaga qora tasma yarashadi. Eslatma: bu qoida rasmiy kiyinish tarzi uchun amal qiladi, erkin ko‘rinishni istaganlarga yo‘l ochiq :)
  9. Ikkidan biri: yoki belingizga tasma taqasiz, yoki elkadan o‘tkaziluvchi tasma taqasiz. Bir vaqtda ikkalasini zinhor taqmang.
  10. Ko‘ylak qadama engi (manjet) kostyum engidan sal chiqib tursin. 1-2 sm etarli.
  11. Shimning old qismida yengil bukma chizig‘i bo‘lsin. Odatda, juda uzun va tor shimlar yonga bukiladi.
  12. Kostyum-shim va oq ko‘ylak bilan kepka kiyish yaramaydi.
  13. Bo‘yinbog‘ uchi tasma to‘qasigacha etsin. Undan kalta yoki uzun bo‘lsa yarashmaydi.
  14. Bo‘yinbog‘ tuguni ostida chuqurcha bo‘lsin.
  15. Erkaklar pijagi palto yoki kurtkadan uzun bo‘lmasligi kerak.
  16. Kapalaknusxa bo‘yinbog‘ tik yoqa ko‘ylaklar uchun mo‘ljallangan, qaytarma yoqaga “o‘tirmaydi”.
  17. Milliy kiyimlarimizdan bo‘lgan beqasam va banoras choponlar oq ko‘ylak bilan yarashadi, ammo gulli olachipor libos va sport kiyimlari bilan uyg‘unlasha olmaydi.
  18. Tumshug‘i to‘rtburchak tufli ham orastalik alomati bo‘lolmaydi.
  19. Kalta shim (shorti) bilan paypoq kiyilmaydi. Sandal shippak bilan ham.
  20. Ko‘ylak va jinsi shim kiyishga chog‘lansangiz tasma taqishingiz shart. Pijak ham kiymoqchi bo‘lsangiz, elkatasmani o‘tkazib oling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkaklar kiyimidagi yigirmata xatolik