14:24 / 24.11.2016
21 324

Malinaning siz bilmagan shifobaxsh xususiyatlari

Malinaning siz bilmagan shifobaxsh xususiyatlari

Malina — nafaqat mazali, balki foydali hamdir. Ushbu rezavor mevaning foydali xususiyatlari ko‘plab jiddiy kasalliklar oldini olish va ularni engishga yordam beradi.

Keksayish jarayonini sekinlashtiradi

Malina fenola va antosianlar kabi antioksidant birikmalarga boy. Bu antioksidantlar hujayralarning qarish jarayonini tezlashtirib, surunkali kasalliklarni chuqurlashtiradigan erkin radikallar bilan zararlanishini kamaytiradi. Rasioningizda antioksidantlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, sog‘lig‘ingiz ham shunchalik yaxshi bo‘ladi.

Immunitetni mustahkamlashda yordam beradi

Organizmingizga har kuni bakteriya va viruslar hujum qiladi. Bu shamollash, gripp kabi kasalliklarga olib keladi. Malina esa sizdagi immun tizimini mustahkamlaydi, natijada organizmingiz infeksiyalarga qarshi kurashishi osonlashadi.

Yog‘larni eritadi

Yaqinda olimlar malina tarkibidagi keton yog‘larni eritishini aniqladi. Ushbu birikma kislorod iste’moli va issiqlik ajralib chiqishini tezlashtiradigan fermentlar faolligini oshiradi, bu esa yog‘ hujayralari tez erishini ta’minlaydi.

Ovqat hazm qilishni normallashtiradi

Noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida ovqat yaxshi hazm bo‘lmaydi, qorin dam bo‘ladi, qabziyat yuzaga keladi. Bunday paytda ichakka oziq tolalari yordam beradi. Bitta malinada oziq tolalari sutkalik normasining 32 foizi bo‘ladi.

Shamollashni kamaytiradi

Ko‘plab kasalliklar yallig‘lanish jarayoni bilan birga kechadi yoki uni keltirib chiqaradi. Agar organizmingizga yordam bermoqchi bo‘lsangiz, malina — eng yaxshi tanlov. Ushbu meva shamollashga qarshi birikmalarga boy.

Saraton yuzaga kelishi oldini olishi mumkin

Hayvonlar ustida o‘tkazilgan ba’zi tajribalar malina sut bezi, yo‘g‘on ichak, qizilo‘ngach va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi samarali vosita ekanligini ko‘rsatdi. U saraton hujayralari reproduktivligini pasaytiradi va ularning o‘limiga olib keladi, shu bilan birga, sog‘lom hujayralarni saqlab qoladi.

Qondagi qand miqdorini nazorat qilishda yordam beradi

Diabetdan azob chekuvchi kishilarga qondagi qand miqdorini nazorat qilish qiyinchilik tug‘diradi. Malina esa kraxmalni qandga parchalaydigan muayyan fermentlarni bloklovchi birikmalarga ega bo‘lgani tufayli, ushbu vazifani yengillashtiradi.
Qonning ivishini normallashtiradi

Malinada K vitamini etarlicha miqdordamavjud bo‘lib, u qonning ivishini normallashtiradi va protrombin miqdorini pasaytiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Malinaning siz bilmagan shifobaxsh xususiyatlari