21:13 / 24.11.2016
58 318

Bir kechalik kelin (Hayotiy voqea)

Bir kechalik kelin (Hayotiy voqea)

To‘y juda chiroyli o‘tdi. Taomlar ko‘pligidan stol oyoqlari sinay derdi. Musiqachiyu xonandalar almashaverib to‘yxonani qizdirdilarki! Pullar sochildi. Hamma samimiylik bilan baxt tiladi. Gullar, sharlar, raqslar. Konsertga aylanib ketdi to‘y ham. Hammaning og‘zida to‘yning hashamatli bo‘lgani muhokamasi. Kuyov uyiga borishganda ham raqs, o‘yin kulgu davom etdi…

Ertasiga kelin salom ham tugadi, sovg‘a salomlar to‘lib ketdi. Kelin ming qizargancha salom berardi hammaga.
Nikoh kechasidan ikki yosh yorug‘ yuz bilan chiqdi. Yangalarning elkasidan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi.
Chorlarda esa… Ikkinchi ovqat tortilganidan so‘ng kelin dugonalari bilan o‘tirgan xonada birdan qiychuv boshlanib ketdi!

Kattalar yugurib kirishganida kelin erda tipirchilab yotardi, yangasi uning tilini ushlash uchun harakatda, dugonalari dahshatda qo‘l oyog‘ini ushlab turardilar… Lekin hech kim eplolmadi… Joni uzildi!.. Chorlar azaga aylanib ketdi…
Sababini ko‘p izladilar. Hech kim tagiga etolmadi. Avvaldan bor epileptik kasali qattiq hayajondan huruj qilgani yakuniy xulosa bo‘ldi. Aslida esa bu bir sabab edi…

Nikoh kechasi kuyov uch yil uchrashib yurgan sevgisi qiz chiqmaganidan dahshatga tushgandi. Kelin uning oyog‘iga yiqildi, yalindi, yolvordi. «Sharmanda qilmang» deb tinmay yig‘lardi. Kuyov hech kim qilmagan ishni qildi. O‘z boldirini tilib qon chiqardi. Chunki u sevardi, telbalarcha sevardi! Alam va nafrat qalbini tilka pora qilgan kuyov xonadan chiqib ketayotganida bir gap aytdi: «Ilohim, ertaga uyingdan qaytib kelmagin!». Bu so‘zlarini kelin eshitmadi. U sharmandalikdan qutulib qolganiga o‘z ichiga sig‘masdi… Kuyovning so‘zlariga esa farishtalar omiyn degani shubhasiz…
Barcha marakalar o‘tdi, yopiq qozon yopiqligicha qoldi…

Birgina achchiq xatosi deb kuyov qarg‘ishiga uchragan kelinning ota-onasi, aka-ukalari esa qon yig‘lab qoldilar…
Nojo‘ya bosilgan qadam asoratsiz bo‘ladi deb o‘ylaganlar adashadi. Birovning qalbi, ishonchini suiste’mol qilganlar ertami kech yomon holatga tushishlari muqarrar…

Xasanova Muxtabar

Manba: diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir kechalik kelin (Hayotiy voqea)