Bolaning nutqi 1 yoshdan so‘ng ham bisqichma-bosqich rivojlanadi. Har bir bosqichning o‘ziga yarasha yutug‘i mavjud.
1 yosh 3 oy
Bola 6 taga yaqin so‘zni biladi. Oddiy talablarni tushuna oladi, tanish so‘zlarni rasmda ko‘rsata oladi.
1 yosh 6 oy
Badanining 1-2 qismini ayta oladi, 7-20 tagacha so‘zni biladi.
1 yosh 9 oy
Badanining 3-4 qismini aytadi. 20 ta so‘zni biladi. Ikki so‘zdan iborat bo‘lgan iboralarni qo‘llaydi («choy ber», «ada keldi»)
2 yosh
Bu yoshda bola badanining 5 qismini ayta oladi. 50 ga yaqin so‘zni biladi. Ikki bosqichli iboralarni tushunadi («Oshxonaga borib», «sochiq olib kel»). «Men», «Sen», «U» kabi so‘zlarni tushunadi. Iboralari ikki so‘zdan iborat. p, b, m, f, v, t, d, n, k, g, h harflarni ayta oladi. s, z, sh, j, ch,r, l harflarni odatda qoldirib ketadi.
2 yosh 6 oy
Sonlarni tushuna boshlaydi. «Nima?», «Qaerda?» savollarni tushunadi. s,z,l harflarini ayta oladi.
3 yosh
Bolaning so‘z boyligi 250-700 gacha. Iboralari bir nechta so‘zdan iborat. Ko‘plikni biladi. «Chunki», «Agar», «Qachon» so‘zlarini ishlata oladi. Qiyin talablarni tushunadi («Piyolani ichiga qoshiq solib qo‘y»). Engil ertaklarni eshitib, tushunadi.
4 yosh
«Qancha», «O‘rniga», «Keyin», «Qaerga» kabi so‘zlarni iboralarda ishlata oladi. So‘z boyligi 1500-2000 gacha. «Bolalarcha» harflarni yumshatib gapirishi yo‘qoladi.
5 yosh
Bolaning so‘z boyligi 2500-3000 ga etadi. Tildagi barcha harflarni bemalol ayta oladi. Qiyin iboralarni qo‘llab, o‘z fikrini, istagini ifodalay oladi. So‘zdagi harflar tartibini almashtirmay gapiradi.
5 yoshdan 7 yoshgacha
7 yoshga kelib bola so‘z boyligi 3500 ga yaqin bo‘ladi. Bunda ta’surotli so‘zlar soni ko‘payadi. Bolada tilga e’tibori oshadi. Atrof-muhitni so‘z bilan baholay olish qobiliyati bo‘ladi. Bolaning psixologik holati maktabga tayyorlanadi.
Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!
Manba: Uzbaby.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi