15:02 / 22.12.2016
21 956

Oshqozon yarasini davolashning xalqona usullari

Oshqozon yarasini davolashning xalqona usullari

Oshqozon yarasini xalqona davolashning bir nechta usullari bilan tanishing.

Erqalampir (xren). Bu o‘simlik oshqozon kislotalilik muhitining pastligida qo‘llanilib, kislota ishlab chiqarilishini me’yorlashtiradi. 1 choy qoshiq maydalangan erqalampirni shuncha miqdordagi asal bilan aralashtirib, ovqatlanishdan yarim soat avval qabul qilinadi.

Karam sharbati — uning tarkibida U vitamini bo‘lib, shilliq qavatning zararlangan sohalarini bitirishga xizmat qiladi. Yarim stakan yangi chiqarilgan karam sharbati ovqatlanishdan yarim soat oldin ichiladi. Bu odatda gastritning o‘tkir va surunkali turlari xuruj qilganda tavsiya etiladi.

Kartoshka sharbati — oshqozon muhitining yuqori kislotalilik holatidagi og‘riqni kamaytirish uchun yangi chiqarilgan kartoshka sharbatidan foydalanish mumkin. Bu sharbatni yarim stakan miqdorida ovqatlanishdan 15-20 daqiqa avval ichish kerak.

Na’matak sharbati — oshqozon faoliyatining buzilishi infeksiya ta’sirida bo‘lsa, na’matak damlamasi tavsiya etiladi. Mazkur damlama organizmning immun tizimini mustahkamlab, bakteriyalarga chidamlilikni oshiradi. 100 gr. na’matak mevasini 1 stakan qaynagan suvga damlab, biroz tindiriladi. So‘ng iliq holatda ovqatlanishdan oldin qabul qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oshqozon yarasini davolashning xalqona usullari