Kechga borib oyoqlaringiz toliqsa...

  • 23 dekabr 2016, 17:06
  • 5 974
  • Hayot tarzi
  • Kechga borib oyoqlaringiz toliqsa...

    Kechga borib oyoqlarda og‘irlik, toliqish, uvishish kabi belgilar bezovta qilsa, bilingki, oyoqlaringiz yordamga muhtoj. Oyoqlar toliqqanda foydalaniladigan massaj, vanna va bir necha mashqlarni sinab ko‘rishni istasangiz, quyidagi usullarga diqqat qiling.

    Gimnastika mashqlari

    Oyoqyalang holda xonaning bir burchagidan ikkinchisiga asta yurib boring. Harakat davomida tovondan oyoq uchigacha sekin ko‘tariling. So‘ngra o‘tirgan holatda oyoqlaringizni to‘g‘riga cho‘zing. Dastlab oyoq uchini qarama-qarshi tomonga, so‘ngra o‘zingizga qaratib cho‘zing. Shuningdek, o‘tirgan holatda oyoqlarni aylanma harakat bilan qimirlating.

    Issiq vanna

    Oyoqdagi toliqishni yo‘qotish uchun moychechak (romashka) gulidan tayyorlangan damlama foydalidir. Buning uchun 1 osh qoshiq moychechak gulini 1 litr suvga damlab, 10 daqiqa qaynating. So‘ngra bir oz ilitib oyoqlaringizni 10-15 daqiqa damlamaga soling. Damlamaga ozroq dengiz tuzidan solsangiz yanada samarali bo‘ladi. Bu kabi issiq vannalarni bir xaftada 2-3 marta takrorlash mumkin.

    Uqalash

    Oyoq kaftini tovon qismidan boshlab aylanma harakatlar yordamida uqalang. So‘ngra barmoqlarni ichki va tashqi tarafidan boshlab uqalab boring. Oyoqni old qismini ham yengil harakat yordamida uqalagach, 10 daqiqaga oyoqlaringizni yuqoriga tekis ko‘taring. Bu mashqlar yordamida qon aylanishi yaxshilanib, og‘irlik kamayadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Kechga borib oyoqlaringiz toliqsa...