13:44 / 10.01.2017
13 167

Kosmetika vositalari eskirganini qanday bilish mumkin?

Kosmetika vositalari eskirganini qanday bilish mumkin?

Hayotimizni pardoz-andoz va atirlarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Sog‘liq va go‘zalligimizni asrash maqsadida kosmetika vositalarini tez-tez nazorat qilib turish muhim ahamiyatga ega.

Kosmetika vositasini tashlab yuborish vaqti kelganidan darak beruvchi belgilar:

Hidining o‘zgarishi

Eskirishning birinchi belgisi – hidning o‘zgarishi. Agar siz achchiq, taxir yoki zax bosgan hidni sezgan bo‘lsangiz – o‘ylanmasdan tashlab yuboring.

Tarkibining o‘zgarishi

Tonal vositalar va kremlarni diqqat bilan tekshiring. Agar krem quyuqlashgan yoki suyuqlashgan bo‘lsa hech ikkilinmasdan tashlang. Shuni unutmangki, ochilgan tushlarning saqlanish muddati – 3 oydan ko‘p emas.

Rangining o‘zgarishi

Tonal kremlar va lab bo‘yoqlari tashqi ta’sirlar (quyosh nuri, havo harorati va shu kabilar) natijasida dastlabki rangini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Agar rangi sezilarli darajada o‘zgargan bo‘lsa kremdan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.

Bunday kosmetika vositasining xavfi nimada?

Birinchidan, eskirgan vositalarni ishlatish befoyda. Ikkinchidan, ular allergiya qo‘zg‘atishi va hatto infeksiyaga sababchi bo‘lishi ham mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kosmetika vositalari eskirganini qanday bilish mumkin?