16:55 / 12.01.2017
7 581

Nima uchun G‘arb taomlari semizlikni keltirib chiqaradi?

Nima uchun G‘arb taomlari semizlikni keltirib chiqaradi?

Gamburger, steyk va G‘arb oshxonasining boshqa taomlari nima uchun insonlarning semirishiga olib kelishini bilasizmi? Ma’lum bo‘lishicha, bunday parhez tananing energiya muvozanatini nazorat qiluvchi miya reseptorlariga marixuana kabi ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Physiology & Behavior jurnaliga asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qildi.

"Tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki, periferik asab tizimidagi kannabinoid reseptorlari faoliyatiga bosim o‘tkazish ko‘p ovqat eyish va semizlikni davolashda xavfsiz yondashuv hisoblanadi. Bizning yondashuvimiz miyaga ta’sir qilib, aks ta’sirlarni keltirib chiqaradigan, semizlikka qarshi an’anaviy dori-darmonlarga nisbatan ko‘p ustunliklarga ega", - dedi Riversayddagi (AQSh) Kaliforniya universitetida faoliyat yurituvchi Nikolas di Patrisio.

Di Patrisio va uning hamkasbi Donovan Argueta nima uchun Amerika va Evropa taomlari ko‘pincha semizlikka sabab bo‘lishini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Buning uchun ular ikki oy davomida ko‘p miqdordagi qand va yog‘ bilan oziqlangan sichqonlar miyasi faoliyati va xatti-harakatlarini kuzatishdi.

Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, bunday parhezga rioya qilish kemiruvchilarda nafaqat semizlikning rivojlanishiga olib keldi, balki noodatiy hodisa - giperfagiya yoki ko‘p eyishning kuzatilishiga ham sabab bo‘ldi. Di Patrisioning so‘zlariga ko‘ra, ovqatlanishga bunday talpinish sichqonlarning ichagi va qonida endokannabinoidlar konsentrasiyasining keskin o‘sishiga olib kelgan.

Endokannabinoidlar marixuana tarkibidagi moddalar analogidir. Organizmimiz ularni o‘z maqsadlari uchun kichik miqdorda sintezlaydi. Inson ichagida bunday molekulalar ta’sir qiluvchi ko‘p miqdordagi asab hujayralari mavjud bo‘ladi. Uch yil avval olimlar "o‘tsevar"larda yuzaga keluvchi tushuntirib bo‘lmaydigan ovqat eyish ishtiyoqi TGK-9 (marixuananing faol moddasi)ning shu reseptorlarga ta’siri ostida paydo bo‘lishini aniqlashgandi.

Ma’lum qilinishicha, G‘arbning gamburger, steyk va shu kabi boshqa yog‘li yoki shirin eguliklari organizmni katta miqdordagi endokannabinoid ishlab chiqishga majbur qilib, shunga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi.

Olimlar ushbu reseptorlarni TGK-9 molekulalariga ichakdagi asab hujayralariga o‘rnashishga halaqit beruvchi AM6545 dorisi yordamida bloklashganida sichqonlarning "karnay" ishtahasi keskin yo‘qolgan. Bu, biologlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday preparatlarni semizlikka qarshi kurashishda qo‘llash mumkinligidan dalolat beradi. Shunisi quvonarliki, yangi dori vositalari avvalgi, miya faoliyatiga ta’sir qiluvchi preparatlar kabi aks ta’sirga ega emas.

Yaqin orada Di Patrisio va Argueta G‘arb parhezining aynan qaysi komponentlari organizmni ko‘p miqdordagi endokannabinoid ishlab chiqarishga majbur qilishini aniqlash va bu reaksiyani boshqaruvchi genlarni topishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun G‘arb taomlari semizlikni keltirib chiqaradi?