17:04 / 20.01.2017
10 328

Dag‘allashgan tovonlarni parvarishlaymiz

Dag‘allashgan tovonlarni parvarishlaymiz

Dag‘al tovonlarni uy sharoitida ham tez ta’sir qiluvchi vannalar yordamida parvarish qilish mumkin.

Eng samarali vositalardan biri oddiy kir sovun hisoblanadi. Tovonlarning dag‘allashgan terisini uxlashdan oldin kir sovun solingan issiq vanna bug‘i yordamida yumshating va sovun surib qo‘ying. Keyin esa tovonni plyonka bilan o‘rang va paypoq kiyib uxlang. Ertalab maxsus qirg‘ich yordamida bemalol tovoningizni tozalashingiz mumkin.

Quruqshagan tovonlarni yumshatishning yana bir usuli – soda va tuzli vanna. Idishdagi issiq suvga bir xil miqdorda soda va tuz solib yarim soat davomida bug‘ ustida tutib turing. Keyin esa tovonlarni qirib tashlang, sochiq bilan quriting va juda yog‘li krem surib qo‘ying. Ustidan plyonka urab paypoq kiying.

Dag‘allashgan terini yumshatishda kraxmal ham yaxshi yordamchi bo‘la oladi. Idishdagi iliq suvning har bir litriga 2 osh qoshiqdan kraxmal aralashtiring va oyoqlaringizni 20 daqiqa davomida shu suvga solib o‘tiring.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dag‘allashgan tovonlarni parvarishlaymiz