13:05 / 31.01.2017
24 291

Tishlarda paydo bo‘luvchi toshni qanday yo‘qotish mumkin?

Tishlarda paydo bo‘luvchi toshni qanday yo‘qotish mumkin?

Tishdagi tosh qatlamlarning paydo bo‘lishiga sifatsiz tish pastasi, noto‘g‘ri tanlangan cho‘tka, jag‘ning bir tomoni bilan chaynash yoki organizmda tuz almashishining buzilishi sabab bo‘lishi mumkin.

Tishda paydo bo‘luvchi qatlamlar va toshlarning oldini olish uchun birinchi navbatda iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlarning qattiq yoki yumshoqligiga e’tibor bering. Faqat chaynalishi oson bo‘lgan yumshoq ovqatlarni emas balki, ko‘p chaynashni talab qiladigan qattiqroq taomlarni (qotgan non, suxariklar, xom sabzavot va mevalar) ham eb turish tavsiya etiladi.

Tishlarni va yallig‘langan milkni o‘z vaqtida davolatish zarur. Ovqatlangandan keyin har doim albatta og‘izni chayqash va bir yilda 2 marta stomatolog ko‘rigidan o‘tish talab qilinadi.

Og‘iz bo‘shlig‘ini sifatli tozalash uchun o‘rtacha qattiqlikdagi va milklarni massaj ham qila oladigan tish cho‘tkasini tanlash maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda tishdagi toshlarni og‘riqsiz usullar – lazer, ultratovush va aerozol oqimi yordamida ham olib tashlash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tishlarda paydo bo‘luvchi toshni qanday yo‘qotish mumkin?