11:53 / 01.02.2017
9 865

Uyni ta’mirlashda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatolar

Uyni ta’mirlashda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatolar

Ko‘pincha uyni ta’mirlash ishlari kutilgan natijani bermaydi. Bu maqolamiz sizda bunday hol yuz bermasligi uchun ta’mirlash paytida qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida yozilgan.

1-xato – dizayn-loyihadan voz kechish

Remont boshlanishidan oldin har xil uslubdagi ko‘plab variantlarga va narxi, sifati turlicha bo‘lgan materiallarga duch kelasiz. Hatto siz nimani va qanday qilishni aniq bilsangiz ham dizayn-loyihadan voz kechib xato qilasiz. Chunki bu loyiha sizga materiallarning aniq sonini va sarf-xarajatlarni hisoblashga yordam beradi.

2-xato – materiallardan iqtisod qilish

Materiallardan iqtisod qilish remont qilish jarayonida va keyinchalik yangi kvartirada yashayotganingizda ham ko‘pgina muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

3-xato – boshlang‘ich pardozlashga e’tiborsizlik

Boshlang‘ich pardoz remont ishlarining ko‘p vaqt va kuch talab qiladigan qismi bo‘lgani uchun ko‘pchilik bu ishga unchalik e’tibor bermaydi. Lekin har qanday notekisliklar yoki yaxshi tozalanmagan yuzalar materiallarning tez buzilishiga va eskirishiga olib kelishi mumkin.

4-xato – o‘z vaqtingizni sarf qilish

O‘zingizning asosiy ishingizga ajratilishi kerak bo‘lgan vaqtni remont ishlariga sarflasangiz moddiy tomondan yutqazgan bo‘lasiz.

5-xato – professional bo‘lmaganlarga ishonish

Agar o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislarni tanlasangiz ishingiz osonlashadi. Lekin bu ishda shoshilmaslik lozim.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyni ta’mirlashda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatolar