09:25 / 02.02.2017
13 578

Hayotni biroz ko‘proq qadrlashga o‘rgatadigan hikoya: «Minglab sharlar»

Hayotni biroz ko‘proq qadrlashga o‘rgatadigan hikoya: «Minglab sharlar»

Bir necha kun oldin, dam olish kunlarining birida, vaqtliroq uyg‘ondim, biron kishini uyg‘otmaslik maqsadida oshxonaga yo‘l oldim. Qiziqroq ko‘rsatuv tomosha qilish uchun, televizordagi kanallarni birma-bir ko‘ra boshladim. Beixtiyor, ovozi dag‘alroq erkak xayolimni jalb etdi. U qanaqadir «Minglab sharlar” nazariyasi haqida gapirayotgan edi. Orqamni o‘rindiqqa berib, televizor ovozini balandroq qildim.

– Masalan, – dedi erkak, – siz – juda band odamsiz. Yaxshi topasiz ham. Siz o‘z vaqtingizni pulga almashtirasiz, yaqinlaringiz va do‘stlaringiz uchun esa vaqtingiz qolmaydi. Aminmanki, faqatgina shunchaki yaxshi yashash uchun ishlamaysiz. O‘z orzularingizni ro‘yobga chiqargingiz keladi. Va qanchalik pulingiz ko‘paysa, shunchalik ularga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham ko‘payadi, siz ko‘proq xohlayverasiz, buning esa yakuni yo‘q. Mana shu gardish sizni o‘ziga jalb etaveradi.

Vaqt-vaqti bilan o‘zingizdan so‘rab turing: “Haqiqatdan ham shu menga kerakmi, men axir shuni deb necha hafta, hatto oydan buyon yorug‘likni ko‘rmayapmanku?” Shu ishim qizimning birinchi namoyishini yoki o‘g‘limning futbol o‘yinini qoldirishimga arziydimi ?

Mana men bilan bir marta nima bo‘lgan edi – bu voqea aslida hayotda nima muhimligi to‘g‘risida. Va u, «minglab sharlar» nazariyasiga to‘xtadi:

– bir kuni men o‘tirib, hisoblab chiqdim: odamning o‘rtacha umri – 75 yil ekan. Ha, kimdirga ko‘proq umr taqdir qilgan, kimdirga kamroq, o‘rtacha ko‘rsatkichni – 75 yil deb olaylik. 75 ni 52(bir yildagi haftalar kuni)ga ko‘paytirsak. 3900 kelib chiqadi chiqadi – mana shuncha hafta va hayotimizdagi yakshanbalar soni shunga teng. O‘sha paytda men 55 yoshda edim. Demak men, allaqachon ulardan 2900 tasini yashab bo‘lgan edim. Mening qo‘limda faqat mingtalik qolgan xolos.

Bundan keyin, men, bolalar o‘yinchoq do‘koniga kirdimda, 1000 ta kichkina plastik sharlarni sotib oldim.

Shishani oldimda, barcha sharlarni joyladim. Va har yakshanba ulardan bittasini olib, tashlar edim. Sharlarim kamaygani sari, men aslida hayotda nima menga afzalligiga va umuman hayotning qadriga eta boshladim.

Bilasizmi, qolgan kunlaringizning sonini bilib yashashdan og‘irroq narsa yo‘q. Faqat o‘shandagina biz, vaqtimiz qanchalik zoe ketayotganini va hatto o‘zimizga zarar qilayotganimizni tushunib etamiz.

Endi esa xotinim bilan bog‘ga, sayr qilishga borishimizdan oldin oxirgi gapimni aytmoqchiman.

Bugun ertalab, men shishadagi oxirgi sharni uloqtirib tashladim.

Shuning uchun har kungi kunim — men uchun taqdirning sovg‘asidir. Men bu uchun juda minnatdorman va iloji boricha o‘z mehrimni, menga yaqin insonlarim bilan bo‘lishishga harakat qilayapman. Menimcha, bu – hayotda yashashning yagona to‘g‘ri yo‘li. Men hech narsaga achinmayman. Umid qilamanki, mening tajribam sizlarga o‘rnak bo‘ladi. Endi esa sog‘ bo‘linglar, yana ko‘rishamiz deb umid qilib qolaman!

Men o‘ylanib qoldim. Haqiqatdan ham, qanday oddiy va oqilona. Men bugun ham ishga borishga qaror qilgan edim – loyihaga ba’zi-bir o‘zgartirishlar kiritish kerak edi. Keyin hamkasblarim bilan vaqt o‘tkazmoqchi edim. Lekin buning o‘rniga men boshqacha ish tutdim: yuqoriga ko‘tarildimda, xotinim bilan biroz vaqt o‘tkazdim.

– Azizam, tur. Bolalar bilan aylanishga chiqaylik.

– Nimadir bo‘ldimi? – qo‘rqib xotinim o‘rnidan turdi.

– Yo‘q, aytarli narsamas… Shunchaki qachondan buyon oilaviy hordiq olmagandik . Va yana – do‘konga ham kirib o‘taylik. Men plastik sharlar sotib olmoqchiman…

Manba: Mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayotni biroz ko‘proq qadrlashga o‘rgatadigan hikoya: «Minglab sharlar»