18:15 / 02.02.2017
9 834

Oshxonani qulay va shinam qilish yo‘llari

Oshxonani qulay va shinam qilish yo‘llari

Oshxona – uydagi eng muhim xonalardan biri. U ham ovqatlanadigan, ham mehmon kutadigan va ham oilaviy kechalarni o‘tkazadigan joy vazifasini bajaradi, deb yozadi Daryo nashri.

Shuning uchun uning ko‘rinishi shinamlik, qulaylik va saranjom-sarishtalik muhitini yarata oladigan bo‘lishi lozim. Biz sizga mutaxassislarning bu boradagi bir necha maslahatlarini havola etmoqchimiz.

1-maslahat: oshxona ichini pardozlashga jiddiy e’tibor bering

Oshxonaning ichki ko‘rinish pardozi mustahkam bo‘lishi lozim. Tez eskirmaydigan materiallardan masalan, yog‘och va marmardan foydalanishingiz mumkin. Bu materiallar – mustahkam va chiroyli ko‘rinishga ega.

2-maslahat: sokin ranglar majmuini tanlang

Oshxona uchun yumshoq va sokin ranglar mos tushadi. Ular oshxonada shinam va iliq muhit yaratishga yordam beradi.

3-maslahat: oshxona jihozlarini aql bilan joylashtiring

Birinchi navbatda oshxonaning ovqat tayyorlash uchun qulay bo‘lishi kerakligini esingizdan chiqarmang. Buni oziq-ovqat mahsulotlari va oshxona texnikalarini joylashtirishda albatta hisobga oling.

4-maslahat: o‘simliklar eking

Oshxonani yanada shinamroq qilish uchun o‘zingizga yoqadigan xonaki gullar bilan bezatishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oshxonani qulay va shinam qilish yo‘llari