10:59 / 03.02.2017
16 046

Yog‘i olingan sut mahsulotlari foydalimi?

Yog‘i olingan sut mahsulotlari foydalimi?

Yog‘i butunlay olib tashlangan sut mahsulotlari sog‘liqqa foydali ta’siri tufayli har doim parhezli mahsulot deb hisoblangan. Ammo u har doim ham foydali bo‘ladimi?

Yog‘i olingan sut mahsulotlarining foydasi

Yog‘i olingan mahsulotlar tarkibidagi yog‘ miqdorining kamligi yurak-tomir tizimi holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni qon tarkibidagi xolesterinni kamaytiradi.

Bundan tashqari, yog‘i olingan sut mahsulotlari ozishga ham yordam beradi. Ko‘pchilik tez samara beruvchi parhezlar shu oziq-ovqatga asoslangan.

Yog‘i olingan sut mahsulotlarining zarari

Muntazam ravishda yog‘siz sutli mahsulotlarni iste’mol qiluvchilar organizmi o‘rtacha olganda kuniga me’yoridan ortiqcha 200—300 kilokaloriyali ovqat talab qiladi.

Gap shundaki, organizmga to‘yish hissini aynan yog‘lar beradi. Agar iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat tarkibida yog‘ kam bo‘lsa yoki umuman yog‘siz bo‘lsa odam har doim ochlikni his qilib yashaydi.

Sut hatto yog‘i olingan bo‘lsa ham kalsiyga juda boy hisoblanadi. Uni hazm qilishda organizmga A va D vitaminlari zarur bo‘ladi.

Agar muntazam ravishda yog‘siz sut iste’mol qilinaversa, organizm zaxiradagi vitaminlarni ishlatishga majbur bo‘ladi va natijada A va D vitaminlari taqchilligi yuzaga keladi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yog‘i olingan sut mahsulotlari foydalimi?