Yuz terisini parvarish qilishda terining turini bilish muhim ahamiyatga ega. Teri turiga qarab tozalovchi va oziqlantiruvchi vositalar tanlanadi.
Terining turini aniqlashdan oldin yuzni tozalash zarur. Teri bir necha soat davomida kosmetik vositalarsiz dam olganidan keyin uni kunduzgi tabiiy yorug‘likda diqqat bilan kuzatish kerak, deydi «Daryo» nashri.
Agar sizning teringizda:
– teri teshikchalari kengroq bo‘lsa;
– teri qalin ko‘rinsa;
– yuvilgandan so‘ng yaltirab qolsa;
– unda toshmalar bo‘lsa, teringiz yog‘li hisoblanadi.
Agar:
– teridagi teshikchalar bilinmasa;
– teringiz yupqa pergament kabi bo‘lsa;
– teringiz yaltiramasa;
– teringiz juda och qizg‘ish rangda bo‘lsa, quruq turiga oid hisoblanadi.
Terining aralash xiliga oidligini quyidagi belgilardan aniqlash mumkin:
– teshikchalarning bilinar-bilinmas bo‘lishi;
– yuzning hamma sohasidagi terilarning bir xil emasligi;
– peshana, burun va iyak sohasi terisining haddan tashqari yaltillashi;
– terining bir tekis qoramtir rangda bo‘lishi.
Ta’sirchan terini quyidagi belgilardan bilish mumkin:
– kosmetik vositalar yoqmasligi;
– yorilgan va qizil tomirlarning ko‘rinib turishi;
– ba’zi mahsulotlarning allergiya chaqirishi.
Normal teri esa bir xil rangda bo‘ladi. Silliq, tarang va toza ko‘rinishga ega bo‘lib, sovunli suv va boshqa kosmetik vositalar ta’siri sezilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi