14:55 / 04.02.2017
16 751

Qishki ko‘ylak tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato

Qishki ko‘ylak tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato

To‘qilgan va trikotaj ko‘ylaklar sovuq ob-havo uchun juda mos keladi. Ko‘pchilik bu faslda kiyinish uslubiga mos bo‘lmagan ko‘ylaklarni tanlab katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Bu maqolada shu haqda fikr yuritmoqchimiz.

Qalin ipdan to‘qilgan ko‘ylak

Qalin ipdan yopishib turadigan qilib to‘qilgan ko‘ylaklar ayniqsa qizlar o‘rtasida ommabop. Lekin bu ko‘ylaklar gavdani to‘la qilib ko‘rsatish bilan birga qomatning mutanosibligini buzib ko‘rsatadi. Bunday ko‘ylaklar to‘ladan kelgan qizlarga emas balki, ozg‘in qizlarga yarashadi.

Yupqa trikotaj ko‘ylaklar

Bunday liboslar hatto qomati kelishgan ayollarning ham qornini bo‘rttirib ko‘rsatadi. Bundan tashqari, yupqa va cho‘ziluvchan matolar ichki kiyimning tikish joylarini ham bilintirib ko‘rsatadi.

Qorin va bel sohasidagi muammoli joylarni «ampir» va new look uslubida tikilgan ko‘ylaklar ajoyib tarzda yashirib turadi.

Yopiq yoqali uzun ko‘ylaklar

Ko‘zgi-qishki kiyimlar kolleksiyasida baland yoqali uzun ko‘ylaklar ko‘p uchraydi. Bizga ma’lumki, yoqasi juda ochiq kofta bilan mini yubkani bir vaqtning o‘zida kiyish yarashmaydi. Xuddi shunga o‘xshash – baland yoqali uzun ko‘ylakni ham kiyish tavsiya qilinmaydi.

Stilistlar fikricha, badanning yopiq va ochiq joylari mutanosibligi saqlanishi zarur.

Ko‘ylaklardagi noo‘rin bezaklar

To‘qilgan ko‘ylaklar ko‘pincha ko‘ndalang naqshlar, o‘rilgan iplar, yopishtirma cho‘ntaklar va to‘rlar bilan bezatilgan bo‘ladi. Bunday bezaklar ishlab chiqarilgan mahsulotni chiroyli ko‘rsatgani bilan sizning qiyofangizga umuman yarashmasligi aniq.

Bezaklardan qomatning muammoli joylarini to‘g‘rilash maqsadida foydalanish mumkin. Masalan, yopishtirilgan cho‘ntaklar ozg‘in qizlarning beldan past qismini kengroq ko‘rsatishga yordam beradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qishki ko‘ylak tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato