23:13 / 04.02.2017
10 194

Bolani taltaytirib yubormaslik yo‘llari

Bolani taltaytirib yubormaslik yo‘llari

O‘z farzandini sevish, har qanday xavf-xatardan himoya qilish va uni doimo xursand qilish istagi – bu onalik va otalik tuyg‘ularining tabiiy ravishda namoyon bo‘lishi.

Ko‘pincha bu tuyg‘uning me’yoridan oshishi va xavfli chegaradan chiqishi oqibatida bola yaqinlarining ojizligidan foydalanib o‘z aytganidan qolmaydigan kichkina zolim hukmdorga aylanadi, deb yozadi Daryo nashri.

Mustaqil bo‘lishga o‘rgatish

Ba’zi ota-onalar bola tug‘ilgandan boshlab boshqa ishlarini butunlay unutib kecha-yu kunduz atrofida parvona bo‘lishadi. Ular bolaning o‘zi bemalol o‘ynab o‘tirgan bo‘lsa ham hamma o‘yinlariga qo‘shilib ketaverishadi. Ota-onaning bunday muomalasi bolada e’tibortalablikning shakllanishiga olib keladi va bola ota-ona ishtirokisiz nima qilishni bilmay qoladi. Bu ahvol yuz bermasligi uchun bolaga mustaqilligini namoyon qilishga imkoniyat berish zarur va bir o‘zi biror narsa bilan band bo‘lsa, chalg‘itmaslik lozim.

Do‘konda bolaga “yo‘q” deyish

Ko‘pchilik ota-onalar bolaning do‘kondagi ichimlik yoki muzqaymoq va shunga o‘xshash shirinliklarni olib berishni so‘rab yolvoruvchi qarashlariga chiday olmaydi. Shuni esdan chiqarmangki, tantiqlik bolaga yo‘q deya olmaslik oqibatida paydo bo‘ladi. Bolaga shirinlikning zarari to‘g‘risida aytib o‘tirmasdan, yoningizdagi pul faqat oziq-ovqat mahsulotlariga etishini va u xohlagan narsalarga etmasligini tushuntiring.

Bolani boadablikka o‘rgatish

Bola ota-onasidan yoki uydagilardan biror narsani olishda hech qachon buyruq ohangida murojaat qilmasligi lozim. Bolaning “sehrli so‘z” — rahmat va iltimos nima ekanligini tushunishi juda muhim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bolani taltaytirib yubormaslik yo‘llari