6 899
Forbes Sukerberg, Mask, Geyts va boshqa milliarderlarning xushbichimlik sirlari bilan bo‘lishdi
Kremniy vodiysining doim band ishbilarmonlari sportning turli turlari bilan faol shug‘ullanishadi. Ulardan qaysi biri ko‘proq kilokaloriya sarflaydi? Forbes shu mavzuga murojaat qildi.
Sobiq moliyachi, Funding Circle P2P- platformasi asoschisi Sem Xojes o‘zining Endurance Fitness sport zallari tarmog‘i uchun kredit jalb qilishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Bir vaqtning o‘zida ham shaxsiy kompaniya yaratib, ham mashqlar rejimiga amal qilish qiyinligini o‘z boshidan o‘tkazgan - hatto bu kompaniyalar 5 fitnes-klub va 2 saykl-studiyadan iborat bo‘lsa ham. Yaqinda o‘tkazilgan Funding Circle tadqiqotiga ko‘ra, ko‘pchilik ishbilarmonlar biznes bilan shug‘ullanish va bir vaqtning o‘zida jismoniy mashqlarni davom ettirishda qiyinchiliklarga duch kelishar ekan, deb yozadi Kun.uz sayti.
Tadqiqot yakunlariga ko‘ra:
- kichik biznes egalarining 25 foizdan ko‘prog‘i ularning jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish uchun vaqtlari yo‘qligini aytishgan;
- respondentlarning taxminan 45 foizi mashqlardan keyin o‘zlarini yengilroq his qilishadi, 60 foizi esa bunday mashqlardan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortishini ta’kidlashgan;
- to‘rt haftalik davr davomida faqat 12,97 foiz ishtirokchigina rejalashtirilgan jismoniy mashqlarini vaqtida bajargan;
- So‘roq qilingan ishbilarmonlarning uchdan ikki qismi rejalashtirgan mashqlaridan bir nechasi yoki hammasini o‘tkazib yuborishgan.
"Fitnes-ilhom"ni saqlab qolish uchun Xojes omadli ishbilarmonlarning qay tariqa xushbichimlikni saqlab turishlari, sportning qaysi turlari bilan shug‘ullanishlari va kuniga qancha kilokalloriya sarflashlari borasidagi ma’lumotlarni to‘playdi. Mazkur tadqiqot natijalari fotjamlanmada taqdim etiladi.
Mark Sukerberg
Facebook bosh direktori haftada besh kun shaxsiy dasturi asosida mashq qiladi.
Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 400 kkal/ haftasiga 1200 kkal.
Mark Kuban
Milliarder va investor haftada olti kun intensiv kardiomashqlar bilan shug‘ullanadi.
Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 500 kkal/haftasiga 3000 kkal.
Bill Geyts
Microsoft asoschisi va sobiq bosh direktori har kuni yugurish yo‘lakchasida shug‘ullanadi.
Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 400 kkal/ haftasiga 2800 kkal.
Tim Kuk
Apple bosh direktori deyarli har kuni ertalab zalda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadi.
Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 400 kkal/ haftasiga 2000 kkal.
Opra Uinfri
OWN: The Oprah Winfrey Network haftada olti marta kardiomashqlar bajaradi, jismoniy trening va meditasiya bilan shug‘ullanadi.
Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 500 kkal/ haftasiga 3000 kkal.
Maykl Orbat
Citigroup bosh direktori va Harvard jamoasining sobiq futbol o‘yinchisi Spartacus tizimi bo‘yicha shug‘ullanadi.
Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 600 kkal/ haftasiga 4200 kkal.
Ilon Mask
PayPal, SpaceX, Tesla, Solarcity asoschisi haftada ikki marta turli kardiomashqlarni bajaradi.
Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 400 kkal/ haftasiga 800 kkal. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi