Nonushta uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlari

  • 06 fevral 2017, 14:26
  • 19 502
  • Hayot tarzi
  • Nonushta uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlari

    Ertalab kerakli miqdorda va sog‘lom ovqatlanish organizmning kun davomida to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishiga sharoit yaratib beradi. Lekin bunday nonushta uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini tanlay bilish ham juda muhim ahamiyatga ega, deb yozadi Daryo nashri.

    Biz sizga sog‘lom nonushta uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.

    Suli yormasi

    Suli yormasi omega-3 yog‘ kislotasi, foli kislota va kaliyga juda boy. Uning tarkibida boshqa yormalarga qaraganda kletchatkalar ko‘proq bo‘lgani sababli nonushta uchun eng yaxshi mahsulot hisoblanadi.

    Bug‘doy nishi

    2 osh qoshiq bug‘doy nishi organizmga bir sutkada talab qilinadigan E vitaminining 15 foizini va foli kislotaning 10 foizini etkazib beradi.

    Banan

    Banan – tarkibi sog‘lom uglevodlardan tashkil topgan va to‘yish hissini uzoq vaqt saqlashga yordam beruvchi rezistent kraxmalining manbalaridan biri hisoblanadi.

    Tuxum

    Tuxum eng foydali oqsil manbaidir. 2—3 dona qaynatilgan tuxum ertalabdan sizga kerakli bo‘lgan aminokislotalarni etkazib beradi.

    Qulupnay

    Bir piyola qulupnay tarkibida organizmga bir kunda talab qilinadigan C vitamini, ko‘p miqdorda foli kislota va kletchatkalar mavjud.

    Kivi

    Bu meva tarkibi katta miqdorda C vitamini, kaliy va kletchatkadan tashkil topgan. Shuningdek, kivi hazm qilishda juda foydali.

    Фикрлар

    » » Nonushta uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlari