21:32 / 07.02.2017
13 678

Ochlik foydalimi yoki aksincha?

Ochlik foydalimi yoki aksincha?

Davolovchi ochlik sizga ko‘plab foyda keltirish xususiyatiga ega. Shu haqda «Daryo» nashri ba’zi ma’lumotlarni ma’lum qildi.

Iroda kuchi

Ovqatga bo‘lgan destruktiv ishtiyoq irodaga qarama-qarshi bo‘lgan tushunchadir. U asta-sekinlik bilan hayotimizni barbod qiladi. Ochlik ya’ni, asosiy ehtiyojdan anglagan holda voz kechish esa intiluvchanlikni oshiradi. O‘z ishtahangizni nazorat qilishni o‘rgansangiz sizga boshqa «shubhali huzur-halovat» ni nazorat qilish ham oson bo‘ladi.

Miya faoliyati

Och qolish aslida bosh miyaning sog‘lom hujayralari sonini ko‘paytiradi. Oqilona parhez fikrni bir joyga to‘plash va bir ishga kirishish qobiliyatini oshiradi.

Mislsiz sog‘liq


Ochlik immun tizimiga erkin radikallar ta’sirida zararlanishdan himoya qilishni «qayta yuklaydi». Parhez esa organizmdagi yallig‘lanish holatini tartibga solish vazifasini bajaradi.

Uyqu

Ko‘pchilik uyqu maromining buzilishidan aziyat chekadi. Etarlicha dam olmaslik ruhiyat bilan bog‘liq og‘ir muammolarni keltirib chiqaradi va jismoniy ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib keladi. Tekshirishlar 16 soatlik ochlik yig‘ilib qolgan charchoqni yo‘qotishga va uyquning me’yoriy holatini tiklashga yordam berishini ko‘rsatdi.

Tashqi ko‘rinish

To‘g‘ri parhez qilish terini tozalaydi va ko‘z oqini ochiqlashtiradi. Buning sababi organizmni tozalashda muhim rol bajaruvchi o‘sish garmonlarining ozod bo‘lishidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ochlik foydalimi yoki aksincha?