13:18 / 08.02.2017
11 402

Nega erkaklarda vazn tashlash ayollarga qaraganda osonroq kechadi?

Nega erkaklarda vazn tashlash ayollarga qaraganda osonroq kechadi?

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlardan so‘ng ayollarga qaraganda erkaklarning ortiqcha vaznni osonroq yo‘qotishi sabablari ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Daryo nashri.

Muskullardagi og‘irlik zaxirasi

Erkaklar vazni ayollarga qaraganda og‘irroq bo‘ladi. Bu farq ozishning boshlang‘ich bosqichlarida erkaklarga tezroq ozishga yordam beradi.

Organizmdagi yog‘lilik darajasi

Ma’lum bo‘lishicha, ayollar organizmi yog‘lilik darajasi erkaklarnikidan yuqoriroq ekan. Organizm yog‘lilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, modda almashish shuncha sekinroq bo‘ladi. Ya’ni, ayollarda energiyani sarf qilish tezligi erkaklarnikiga qaraganda 10% kam.

Ovqatni yaxshi ko‘rish

Ayollarga ozish qiyinroq chunki, ko‘pincha ovqatni ular pishirishadi va tayyorlash jarayonida kaloriyani o‘ylamasdan bir necha marta tatib ko‘radi. Bundan tashqari ayollar ko‘p vaqtini uyda o‘tkazgani uchun eyish «imkoniyati» juda katta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega erkaklarda vazn tashlash ayollarga qaraganda osonroq kechadi?