Tvorogdan yoshartiruvchi niqoblar

  • 09 fevral 2017, 08:29
  • 7 110
  • Hayot tarzi
  • Tvorogdan yoshartiruvchi niqoblar

    Tvorog tarkibida ko‘p miqdorda vitamin va minerallar mavjud bo‘lib, ular yuz terisi sog‘lomligini tiklash va undagi ajinlarga qarshi kurashishda yordam beradi. Masalan, undagi A vitamini terini yoshartirsa, B12 vitamini yuz terisi rangini yaxshilaydi, magniy mikroelementi esa kollagen ishlab chiqarilishiga ko‘mak berib, ajinlarga qarshi kurashadi.

    Yuz uchun niqoblardan foydalanishdan avval teringiz turini aniqlab oling. Quruq teri uchun eng yog‘li tvorog, yog‘li teri uchun esa aksincha yog‘sizlantirilgan tvorogdan foydalangan ma’qul, deb yozadi Daryo nashri.

    Tvorog va bananli niqob

    Yuz terisini qisqa vaqt ichida tartibga keltirish kerak bo‘lsa, bu niqob aynan siz uchundir. U teridagi ajinlarni tekislab, namlantiradi, oziqlantiradi va tetiklik bag‘ishlaydi. Niqobni tayyorlash uchun bir osh qoshiq tvorog va bananli pyureni ikki osh qoshiq smetana bilan aralashtiring.

    Tvorogdan yoshartiruvchi niqob

    Makzur niqobni 2—3 hafta qo‘llashingiz bilan yuz terisi ko‘z o‘ngingizda o‘zgarganligini payqaysiz. Niqob uchun ikki osh qoshiq tvorog, bir dona tuxum, bir choy qoshiqdan asal va Shi yog‘i (uning o‘rnini o‘simlik yog‘i ham bosa oladi), yarim choy qoshiq maydalangan dolchin, bir osh qoshiq konyak, bir ampula suyuq E vitamini (dorixonalarda sotiladi) kerak bo‘ladi. Barchasini aralashtirib, yuzingizga suring. Niqobni iliq suvda yuvish tavsiya etiladi.

    Yuz rangini yaxshilovchi tvorog va reza mevali niqob

    Yuz terisini sog‘lomlashtirish va yorqinligini qaytarishda mazkur niqob qo‘l keladi. Niqob uchun ikki osh qoshiq sarhil reza mevalar va ikki osh qoshiq tvorog kerak bo‘ladi. Istalgan mevalardan foydalanish mumkin. Asosiysi, quruq yuz uchun shirin mevalar, yog‘li yuz terisi uchun nordon mevalar tanlash kerak. Mevalar va tvorogni arashtirib, ezasiz hamda tozalangan teriga surasiz.

    Niqoblarni qo‘llashda quyidagi qoidalarga amal qiling:

    – Niqobdan avval terini skrab yordamida tozalang;

    – tvorogli niqobni yuzda 20—30 daqiqa ushlab turish lozim;

    – niqob iliq suv bilan yuviladi;

    – uni haftada bir marta bir oy mobaynida qo‘llash tavsiya etiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tvorogdan yoshartiruvchi niqoblar