Yangi siqilgan sharbat foydalimi yoki zararlimi?

  • 12 fevral 2017, 10:03
  • 10 066
  • Hayot tarzi
  • Yangi siqilgan sharbat foydalimi yoki zararlimi?

    Yangi siqilgan sharbatni ko‘pchilik foydali deb hisoblaydi. Bu sharbatlarni har doim va hamma ham ichsa bo‘ladimi? Bizning maqolamiz shu haqda.

    1-qoida. Yangi siqilgan sharbatni och qoringa ichish mumkin emas

    Shuni esda tutingki, yangi siqilgan sharbat — bu o‘t pufagi va oshqozon osti bezi faoliyatiga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi meva kislotalariga to‘yingan suyuqlik.

    Och qoringa bir necha marta iste’mol qilish natijasida hazm qilish organlarida surunkali kasalliklar paydo bo‘ladi.

    Yaxshisi, sharbatga 1/3 qism miqdorida suv qo‘shib ichgan ma’qul. Bunday yo‘l tutish hazm organlarining shilliq qavatlariga bo‘lgan zararli ta’sirni kamaytiradi.

    2-qoida. Har bir sharbatning o‘ziga xosligini hisobga olish zarur

    Lavlagi sharbati iste’mol qilish qoidalari eng murakkab bo‘lgan sharbatlarga kiradi. Tarkibida to‘yingan aktiv moddalar juda ko‘p bo‘lgani uchun siqilgandan so‘ng fermentlanishi uchun uni 1-2 soat sovutgichda saqlash tavsiya qilinadi. Albatta lavlagi sharbatiga 1/3 miqdorda suv aralashtirib ichish lozim.

    3-qoida. Ba’zilar uchun sharbatning zararli ta’sirlari

    Olma sharbati daraxtlar gulchangiga allergiyasi bo‘lgan kishilarda reaksiya chaqirishi mumkin.
    Pomidor va lavlagi sharbati buyragida tosh paydo bo‘lishga moyilligi bor ayollarda sistit kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

    C vitaminiga boy bo‘lgan sharbatlarni ko‘p iste’mol qilish ham xuddi shu reaksiyalarni keltirib chiqaradi.

    4-qoida. Uchtadan ortiq sharbatni aralashtirish yaramaydi

    Meva va sabzavot sharbatlarini aralashtirish mumkin emas degan fikr unchalik to‘g‘ri emas. Lekin uch xildan ortiq sharbatlarni aralashtirishning foydasi juda kam.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yangi siqilgan sharbat foydalimi yoki zararlimi?