19:41 / 15.02.2017
8 991

Tadqiqot uylanganlarning uylanmaganlardan qanchalik sog‘lom bo‘lishiga oydinlik kiritdi

Tadqiqot uylanganlarning uylanmaganlardan qanchalik sog‘lom bo‘lishiga oydinlik kiritdi

Uylanganlar va uylanmaganlar o‘rtasidagi farq nimada ekani xususida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Albatta, ularning oila qurgan yoki qurmaganligida. Ammo, Karnegi-Mellon universiteti ruhshunoslari shu ikki toifa insonlarning yana bir jihatini ham aniqlashdi. Uylanganlar uylanmagan erkaklarga qaraganda sog‘lomroq bo‘lishadi, deyishmoqda tadqiqotchilar. Olimlarning fikricha, oilali erkaklarning stress gormoni kortizol darajasi oila qurmagan yoki ajrashganlarga nisbatan pastroq bo‘ladi. Ilmiy izlanish natijalari Psychoneuroendocrinology jurnalida e’lon qilindi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Tadqiqotchilar uch kun mobaynida har 24 soatda 21–55 yoshdagi 572 nafar ko‘ngillilarning so‘lagidan namunalar olishdi. Nikohda bo‘lgan ishtirokchilarning kortizol miqdori boshqalarnikidan pastroq edi. Olimlar, shuningdek, ko‘ngillilarning kortizoli darajasi qanchalik o‘zgarishini ham tekshirishgan. Odatda, kortizol ertalab yuqori bo‘ladi va kun davomida pasaya boradi. Oilalilarda bu jarayon tezroq yuz beradi. Bu esa, yurak xastaliklari ehtimoli kamayishi va saraton xastaligiga uchragan bemorlarning ham ko‘proq yashashiga sabab bo‘ladi.

Kortizol darajasi stress, asabbuzarlik kabi ko‘ngizsizliklar tufayli oshadi. Bu o‘z navbatida vaqti kelib turli xil salbiy oqibatlar, xususan, bosh miya hujaylarining kichrayishi, asabiy buzilishlar kabilarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, tadqiqot natijasiga ko‘ra, uylanmagan insonlar asabbuzarlikni oilalarga nisbatan og‘irroq kechiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tadqiqot uylanganlarning uylanmaganlardan qanchalik sog‘lom bo‘lishiga oydinlik kiritdi