22:06 / 15.02.2017
14 219

Erkaklarning sochi nega to‘kilishi ma’lum bo‘ldi

Erkaklarning sochi nega to‘kilishi ma’lum bo‘ldi

Edinburg Universiteti tadqiqotchilari soch to‘kilishi kuzatilgan erkaklarning genini ajratib, tekshirib chiqishga qaror qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti. Sinovda ishtirok etgan 53 ming erkakning o‘rtacha yoshi 57 yoshda ekani ma’lum qilingan. Lekin ularning etnik kelib chiqishi, millati va genetik o‘tmishi haqida xabar berilmagan.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, erkaklarda soch to‘kilishiga uchta asosiy sabab bor ekan. Genetik X-xromosomaning erkakka o‘tishida o‘zi bilan shu kabi moyillikni olib kelishi, buning birinchi sababi bo‘lishi mumkin. X-xromosoma onadan bolaga o‘tadi. Sochi to‘kilishidan aziyat chekayotgan o‘quvchimiz, avvalo ona tarafdan qarindoshlari haqida eslash kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, sochi to‘kilayotgan insonda androgenetik alopetsya (irsiy holat) kuzatiladi. Olimlarning fikricha, kuniga 100 dan 300 tagacha soch qillarining to‘kilishi bu oddiy hol, chunki soch 3-7 yil yashaydi.

Kelgusi sabab – boshdagi jarohatlar va tanamizni bezovta qilayotgan kasalliklar, deb e’tirof etiladi. Zamburug‘ va infeksiyali bakteriyalar sog‘lom sochlarga ziyon etkazadi. Bunday holat kuzatilmasligi uchun dastlab, shifokorga murojaat etib, zamburug‘ni aniqlash lozim.

Biz uchun qayg‘uradigan sochlar, hatto, organizm kasal bo‘lmasdan turib, ogohlantiradi. Noto‘g‘ri hayot tarzi, ovqatlanish, ichki kasalliklar bunday oqibatlarga sabab bo‘ladi.

Va nihoyat sochni noto‘g‘ri parvarish qilish, juda ko‘p yuvish va sifatsiz tozalovchi suyuqliklardan foydalanish, jafokashlarimizga qiyinchiliklar tug‘diradi.

Sochlar ko‘rkamlik va maftunkorlik belgisi. Shunday ekan, sochingizni asrang, erkaklar!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkaklarning sochi nega to‘kilishi ma’lum bo‘ldi