06:07 / 18.02.2017
13 492

Nima uchun Disney multfilmlaridagi qahramonlarning qo‘lqoplari oq rangda? (foto)

Disney multfilmlarining ko‘plab qahramonlari oq qo‘lqopda tasvirlangan. Bunga kimdir e’tibor qilgan, kimdir yo‘q. AdMe nashri ana shu oq qo‘lqoplarga e’tibor qaratdi va buning sababini tushuntirib berdi, deb yozmoqda Daryo.uz.
Nima uchun Disney multfilmlaridagi qahramonlarning qo‘lqoplari oq rangda? (foto)

Multfilm yaratish murakkab va ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanadi. XX asrning 1920 yillarida jarayonni osonlashtirish uchun multqahramonlar ortiqcha detallarsiz chizila boshlangan. Qahramonlarning ko‘zlari va boshi katta-katta, oyoqlari hamda qo‘llari ingichka va uzun tasvirlangan. Ammo kutilmagan muammolar yuzaga kelgan. Xira oq-qora tasma qahramonning qo‘l va oyog‘ini uning tanasidan farqlash imkonini bermagan.

Oddiy innovasiya bu muammoning echimini topishga imkon berdi. 1928 yilning may oyida Mikki Maus ishtirok etgan birinchi multfilm taqdim etilgan. O‘shanda qahramonning panjalari qop-qora bo‘lgan. Yarim yildan so‘ng taqdim etilgan yangi multfilmda Mikki oyoq kiyim kiygan holda tasvirlangan. 1929 yilda tomoshabinlar Mikkini birinchi marta oq qo‘lqoplar bilan ko‘rgan.

Keyinroq Uolt Disneyning o‘zi bu haqida tarjimayi holida shunday degan edi: «Biz Mikki Mausda sichqon panjalarini bo‘lishini xohlamadik,u insondek bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun biz unga qo‘lqop taqib qo‘ydik.»

Multfilm qahramonlari qo‘lqop kiyishining uchta asosiy sababi:
  • qahramonlar tasvirini yaratish jarayoni samarali bo‘ldi, chunki mayda qismlarga ortiqcha vaqt sarflash kerak bo‘lmaydi;
  • rassomlar oq-qora tasvirdagi qahramonlarning qo‘llari va harakatlariga asosiy e’tiborni jalb qila olgan;
  • chizilgan qahramonlarga «insonlik» sifatlarini berishga muvaffaq bo‘lingan.

Qo‘lqoplarning ishlatilishi shunchlik muvaffaqiyatli bo‘ldiki, bu usulni Disney’ning Universal Pictures va Warner Brothers kabi raqobatdoshlari ham qo‘llay boshladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun Disney multfilmlaridagi qahramonlarning qo‘lqoplari oq rangda? (foto)