07:25 / 18.02.2017
7 001

Noutbuk tanlashda ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Noutbuk tanlashda ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Daryo nashri noutbuk tanlashda qilinadigan xatolar va bunga yo‘l qo‘ymaslik choralari to‘g‘risida maqola yozdi.

Akkumulyatorda ishlash vaqti to‘g‘risida aytilganlarga ishonish

Mustaqil ishlash vaqti to‘g‘risidagi reklamada aytilganlarga ishonib o‘tirmasdan, yaxshisi, ma’lumotlarni forumlardan qidirish yoki tanishlardan surishtirgan ma’qul.

Unumdorlik to‘g‘risidagi gaplarga ishonish

Ishlab chiqaruvchi kompaniya mahsuldor deb tez yuklanadigan, tez javob beradigan va GTA V va Battlefield 1 kabi zamonaviy o‘yinlarni bemalol o‘ynay oladigan, o‘yinlar uchun mo‘ljallangan noutbuklarni nazarda tutib aytgan bo‘lishi mumkin. Sotuvchilar gapiga ishonmasdan ishonchli manbalar bergan tavsiflarga e’tibor qarating.

Intel prosessorining faqat seriyasiga (i5, i7) qarash

Har bir prosessor aniq modelini ko‘rsatuvchi kelib chiqishi va indeksidan iborat o‘zining kodlangan nomiga ega bo‘ladi. Lekin, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘pincha kelib chiqish kodi ko‘rsatiladi xolos. Shuning uchun siz birinchi navbatda qanday va nimaga mo‘ljallangan noutbuk olmoqchi ekanligingizni aniqlab olishingiz lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Noutbuk tanlashda ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar