07:43 / 19.02.2017
12 498

Esnash foydalimi yoki yo‘q?

Esnash foydalimi yoki yo‘q?

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, odamlar charchashdan, zerikishdan yoki havo etishmasligidan emas, balki bosh miya haroratini rostlash uchun esnar ekan, deb yozadi Daryo nashri.

Esnash qachon foydali bo‘lishi mumkin?

Fikrlashni tezlashtirish uchun. Imtihonga kirishdan yoki muhim suhbatdan oldin miya faoliyatining unumdorligini oshirish maqsadida bir necha marta esnash kifoyadir. Agar siz diqqatingizni bir joyga to‘play olmayotgan bo‘lsangiz bir-ikki marta esnash katta yordam beradi.

Kayfiyat va muomalani yaxshilash uchun. Esnash xursandchilik, dilkashlik hissiyotlari bilan bog‘liq dopamin neyromediatori darajasini oshirishga yordam beradi.

Soat mintaqasi o‘zgarishiga moslashish uchun. Uzoq uchishlardan so‘ng samolyotdan tushganingizda avvalo 5 marta esnab oling. Tetiklashganingizni sezasiz va o‘zdan-o‘zi yana esnay boshlaysiz.

Bo‘shashish uchun. Chuqur va davomli esnash tanani bo‘shashtirishga yordam beradi. Uyqu oldidan bir necha marta chuqur esnash tez uxlashga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Esnash foydalimi yoki yo‘q?