17:11 / 19.02.2017
17 890

Sog‘liq uchun zararli odatlardan qanday qutulish mumkin?

Sog‘liq uchun zararli odatlardan qanday qutulish mumkin?

Hayotimiz mayda-chuydalardan iborat. Odatlar yig‘ilaverib oxirida bizning shaxsimizni shakllantiradi. Bir qarashda sezilmaydigan odatlar ham sog‘liqqa jiddiy ta’sir etkazishi mumkin. "Daryo" nashri eng sezilmaydigan zararli odatlar va ulardan qutulish yo‘llari haqida maqola yozdi.

Stressni ketkazish uchun ovqat eyish

Ovqatlanish — tinchlanish, chalg‘ish va o‘zini yaxshi his qilishning eng oddiy usuli. Buning yomon tomoni shundaki, stress paytida siz dimlangan sabzavotlarni emas, balki uglevod yoki yog‘larga boy bo‘lgan ovqatlarni eyishni xohlaysiz.

Bu odatdan qanday qutulish mumkin?

O‘zingiz haqingizda qayg‘uring. Uxlang, dam oling va me’yorida ovqatlaning.

Allamahalgacha televizor ko‘rish

Kunduzi boshqa ishlar bilan band bo‘lganingiz uchun ekran qarshisida dam olish imkoniyatiga uyqu oldidan ega bo‘lasiz va kech uxlaysiz.

Bu odatdan qanday qutulish mumkin?

Televizorni uxlashdan bir soat oldin o‘chiring. Va ko‘rsatuv yoki seriallarga qancha vaqt sarflash mumkinligini hal qiling. Dam olishga vaqt ajrating.

Shirin qahva ichish

Ertalabki bir piyola shirin qahvadan so‘ng qondagi glyukoza darajasi tez ko‘tariladi. Buning oqibatida siz kun bo‘yi shirinlik eyishni xohlab qolasiz va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari buziladi.

Bu odatdan qanday qutulish mumkin?

Shakardan voz keching va qahvaning o‘rniga choy ichishga odatlaning.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sog‘liq uchun zararli odatlardan qanday qutulish mumkin?