09:05 / 21.02.2017
11 082

Erkaklar ko‘ylagini 5 daqiqada dazmollaymiz

Erkaklar ko‘ylagini 5 daqiqada dazmollaymiz

Ko‘pchilik ayollar uchun kiyimlarni dazmol qilish eng qiyin ishlardan biri hisoblanadi. Daryo yozgan maqolada sizga erkaklar ko‘ylagini 5 daqiqa ichida benuqson dazmollash haqida yozildi.

Suvni ayamang

Kiyim nam bo‘lsa dazmollash jarayonini ancha osonlashtiradi. Dazmollash paytida dazmolni bug‘ rejimiga qo‘yish esingizdan chiqmasin.

Qismlarga bo‘ling

Dazmollashni quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya qilamiz

1. Elka qismi

O‘ng tomonini taxta burchagiga qo‘yib torting va dazmolni qattiq bosib dazmollang. Chap tomoniga ham xuddi shu usulni takrorlang.

2. Yoqa

Yuza tomonini pastga qilib taxta ustiga qo‘ying va dazmollang.

3. Old qismining o‘ng tomoni

Taxta burchagini ko‘ylakning elka ichiga qo‘yib torting va dazmolni qattiq bosib dazmollang. Dazmolni tugmalar ustidan emas, tugmalar orasiga qo‘ying.

4. Orqa tomoni

O‘ng tomonini taxtadan osiltiring va orqa tomonini dazmollang.

5. Old qismining chap tomoni

Old qismining chap tomoni ham xuddi o‘ng tomoni kabi dazmollanadi.

6. Eng

Taxta ustiga bir engini qo‘ying va qo‘lingiz bilan yaxshilab to‘g‘rilang, keyin dazmollang. Eng manjetlari ham xuddi yoqa kabi ichkaridan dazmollanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkaklar ko‘ylagini 5 daqiqada dazmollaymiz