07:39 / 21.02.2017
14 693

Yapon ayollarining go‘zallik sirlari

Yapon ayollarining go‘zallik sirlari

Yapon ayollari haqiqatdan ham kunchiqar mamlakat mo‘’jizalaridan biri hisoblanadi: ular o‘ttiz yoshda 17 yosh, ellikda esa o‘ttiz yoshga kirgandek ko‘rinadi. Kimlardir yapon ayollarining tiniq yuzlarini tabiat tuhfasi deb atasa, yana kimlardir bu alohida parvarish natijasi deb hisoblaydi, deb yozadi Daryo nashri.

Albatta genetika masalasida bahslashib bo‘lmaydi, biroq yapon ayollari doim yosh va tetik ko‘rinishga yordam beruvchi bir qator go‘zallik taomillariga ega.

Tozalash va namlantirish yaponcha teri parvarishining kalit so‘zlaridir. Quyida terini yapon ayollari kabi tozalashning bir nechta reseptini e’tiboringizga havola etamiz.

Massaj elementlariga ega tozalash
  • Tozalovchi vositani barmoqlarda yaxshilab isitib, yuzning beshta nuqtasiga surish kerak: yanoqlar, peshona, burun va iyak.
  • So‘ngra har ikkala qo‘l barmoqlari bilan vositani iyakdan quloqlarga qarab taqsimlash.
  • Kaft yordamida vositani burundan yanoqlar orqali quloqlarga va ko‘zning ichki burchaklaridan chakkaga qarab taqsimlash.
  • Barmoqlar yordamida vositani burun uchidan qansharga, so‘ngra kaftlar bilan peshona o‘rtasidan har ikkala tomonga surish.

Yuzni chuqur tozalash

Yuzni yuvgandan so‘ng unga issiq suvda namlangan sochiqni qo‘yib turing va teri parlanishini kuting. Shundan so‘ng piling vositasini suring. Piling ustidan dush uchun shapkachani yuzingizga kiying. Nafas olish uchun teshikcha ochishni unutmang. Pilingni 10—15 daqiqa tutib turib, so‘ngra yuzni massaj qiling va iliq suv bilan chaying.

Kontrast kompresslar

Ular qon aylanishini yaxshilash va yuzni «jonlantirish» uchun qo‘llanadi. Yuzni yuvgandan keyin unga dastlab issiq suvda namlangan sochiqni sovigunga qadar, so‘ngra sovuq suvda namlangan sochiq tutib turiladi. Bu harakatni 2—3 marta qaytarish talab etiladi.

Mazkur maslahatlar teringiz yoshligini uzoqroq saqlashga yordam beradi deb umid qilamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yapon ayollarining go‘zallik sirlari