16:55 / 21.02.2017
8 632

Olimlar saratonni davolashning yangicha usulini kashf qilishdi

Olimlar saratonni davolashning yangicha usulini kashf qilishdi

Saratonning so‘nggi bosqichidagi bemorlarni ularni uyquga ketkizish orqali samaraliroq davolash mumkin. Yangicha davolash usuli haqida italiyalik radiolog Marko Dyurante Amerika fan taraqqiyoti jamiyatining uchrashuvi doirasida so‘zlab berdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Uning fikricha, onkobemorlarni sun’iy gibernasiya qilish radioterapiyaning salbiy ta’sirlaridan himoyalashi va o‘simtaning o‘sishini to‘xtatishi mumkin. Dyurante jonivorlarda o‘tkazilgan ko‘p yillik tajribalardan so‘ng ana shunday xulosaga keldi.

Uzoq vaqt sovuq ta’siriga tushirilgan odamlar gibernasiyaga tushishgan - ularning yurak urishi sezilmagan, tana harorati 2-3 barobarga pasaygan. Biroq shifokorlarning yordamidan keyin ular salomatligiga jiddiy ziyon etmagan holda qayta o‘zlariga kelishgan.

Davolashning bunday usuli shifokorlarga bemorga ziyon etkazishga qo‘rqmay, radiasiyaning yuqori dozalarini qo‘llash imkonini beradi. Hozircha tajriba faqat kalamushlarda o‘tkazildi va u muvaffaqiyatli kechdi. Agar ushbu tajriba usuli barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi 10 yil davomida odamlarni davolashda qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar saratonni davolashning yangicha usulini kashf qilishdi