14:34 / 23.02.2017
8 965

O‘z-o‘zingizga bergan va’dalarni qanday bajarish mumkin?

O‘z-o‘zingizga bergan va’dalarni qanday bajarish mumkin?

Ko‘pchilik o‘ziga-o‘zi sport bilan shug‘ullanishga yoki chekishni tashlashga yoki yaxshiroq ish topishga va shunga o‘xshash va’dalar beradi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan va’dalar bajarilmasdan unutilib ketadi. Agar siz haqiqatan ham maqsadingizga erishishni xohlasangiz, bu maqolamiz yordam beradi deb umid qilamiz.

Bitta maqsadni tanlang

Qisqa vaqt ichida mukammallikka erishish uchun o‘zingizga talablaringizni uzundan-uzoq ro‘yxat qilganingizni tushunsa bo‘ladi. Lekin bu maqsadlaringizning hammasini bir yo‘la emas, bittalab va tartib bilan amalga oshiring.

Vazifalarni bo‘lakchalarga ajrating

Aytaylik, siz ozishni xohlaysiz. Oldingizda turgan: taomnomani o‘zgartirish, sevimli ovqatlaringizdan voz kechish va jismoniy faollikni oshirish vazifalarini navbati bilan bajarishingiz lozim bo‘ladi.

Natijalar bilan o‘rtoqlashing

Maqsadingizni birorta yaqin kishingizga aytsangiz, muvaffaqiyatga erishish osonlashadi. Boshqa odam oldidagi burch motivasiyani, eshitilgan maqtov esa o‘zidan qoniqish hissini oshiradi.

Tirishqoqlikni kuchaytiring

Agar va’dani bajara olmasangiz, irodangiz kuchsizligi bilan o‘zingizni oqlamoqchi bo‘lasiz, albatta. Lekin, ma’lum bo‘lishicha, irodani chiniqtirish yo‘llari ham bor ekan. Maqsadingizga erishishni chinakamiga xohlasangiz tirishqoqlikni kuchaytiring.

Manba: Daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘z-o‘zingizga bergan va’dalarni qanday bajarish mumkin?