06:19 / 25.02.2017
30 503

Uy sharoitida oqshom soch turmagini yaratamiz

Uy sharoitida oqshom soch turmagini yaratamiz

Tashqi ko‘rinishimiz nafaqat libos yoki makiyaj, balki soch turmagiga ham bog‘liq. To‘y yoki bazmga shoshilib turganimizda aksariyat holatlarda go‘zallik saloniga borishga ulgurmay qolamiz. Biroq maftunkor ko‘rinishni har birimiz istaymiz.

Ana shunday vaziyatlarda soch turmaklari bo‘yicha surat va videolar yordamga keladi. Quyida romantik va universal soch turmagini yaratish usullariga to‘xtalamiz.

Ployka yordamida yengil jingalak sochlar

– Sochlarimizni yuvib, ularni fenning sovuq oqimi yordamida quritamiz;

– issiqlikdan himoyalovchi vosita suramiz;

– sochlarimizni ikki qismga ajratib, yuqori qismini yig‘ib qo‘yamiz;

– sochning bir tutamini ajratib, muss suramiz va ploykaga o‘raymiz. Uni vertikal holatda tutib turamiz. Bir daqiqadan so‘ng sochni ploykadan bo‘shatib, sovishini kutamiz. Shu tarzda pastki soch tutamlarining barchasini o‘rab chiqamiz.

– sochlarning yuqori qismini bo‘shatib, xuddi yuqoridagi kabi aylantirib chiqamiz;

– barcha kokillar o‘rab chiqilgandan keyin boshingizni pastga egib, sochlaringizni qo‘l bilan tarang va biroz lak seping.

Yuqoridagi soch turmagini sochlar uchun maxsus dazmol yordamida ham yaratish mumkin.

Agar sochlaringizni biror qo‘shimcha bezak bilan boyitmoqchi bo‘lsangiz, uning rangi va uslubi ko‘ylak va soch turmagiga mos tushishiga ahamiyat qarating. Juda katta bezaklardan foydalanmaslikni tavsiya etamiz. Boshingizdagi ulkan kapalak butun obrazingizni buzib, beo‘xshov ko‘rinib qolishi mumkin. Diametri 5—7 santimetr bo‘lgan kichikroq bezaklar esa joziba bag‘ishlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uy sharoitida oqshom soch turmagini yaratamiz