07:03 / 26.02.2017
8 735

Tishlarni noto‘g‘ri tozalashingiz belgilari

Tishlarni noto‘g‘ri tozalashingiz belgilari

Ertalab va kechqurun tishlarni tozalashni hammamizga bolalikdan uqtirib kelishadi. Unda nega sizda muntazam ravishda tishlarda tosh, karies va boshqa yoqimsiz holatlar paydo bo‘ladi? Sababi oddiy – siz tishlaringizni noto‘g‘ri tozalaysiz.

Tish cho‘tkasini tanlamaysiz

Hamma narsa tish cho‘tkasini to‘g‘ri tanlashdan boshlanadi. Masalan, ta’sirchan tishlar uchun cho‘tka yumshoq va qalin bo‘lishi kerak. Va tish cho‘tkasini har 2—3 oyda yangilab turishni unutmang.

Tish pastasiga e’tibor bermaysiz

Shu kabi holat tish pastasi bilan ham yuz beradi. Oqartiruvchi, tiklovchi va parvarishlovchi tish pastalarini navbati bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

Tozalash qoidasiga amal qilmaysiz

Og‘iz bo‘shlig‘ini 3 daqiqa davomida tozalash lozim bo‘ladi. Ko‘pchilik esa tish tozalashga 10—15 soniya vaqt ajratadi. Cho‘tkani ko‘proq tik holda harakatlantirish maqsadga muvofiqdir.

Stomatolog qabulida bo‘lmaysiz

Bir yilda kamida 2 marta stomatolog qabuliga albatta borishingiz shartdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tishlarni noto‘g‘ri tozalashingiz belgilari