Nima uchun ko‘z «uchadi»?

  • 26 fevral 2017, 07:27
  • 17 179
  • Hayot tarzi
  • Nima uchun ko‘z «uchadi»?

    Ko‘zning asabiy uchishi — ko‘z mushaklaridagi asab tolalarining haddan tashqari zo‘riqishi oqibatida yuzaga keladigan spazma holati. Bu maqolada ko‘zning asabiy uchish holatini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar keltirilgan.

    Haddan tashqari ko‘p qahva ichasiz

    Bir kunda bir necha marta qahva ichish ko‘z uchishining sababi bo‘lishi mumkin. Kofein ta’sirida mushaklar tortilib turadi. Bunday holatning oldini olish uchun qahva ichishni kamaytiring.

    Sizda stress

    Tana stressni har xil usulda bildiradi, asabiy uchish bu usullarning biridir. Unda stressning sabablarini o‘rganib muammoni bartaraf qilish lozim bo‘ladi.

    Sizda allergiya

    Agar sizda allergiyaga moyillik bo‘lsa, ko‘zning uchishi ham shish yoki qichishish kabi paydo bo‘lishi mumkin. Shifokorlar ko‘zga vaqtincha antigistamin ko‘z tomchilari tomizishni tavsiya qilishadi.

    Uyquga to‘ymaysiz

    Qovoq mushaklari tanadagi eng sezuvchan va eng nozik a’zolardan biridir. Agar uyqu kam bo‘lsa, ko‘zlar charchaydi va ko‘z atrofidagi mushaklar pir-pir ucha boshlaydi. Bu muammoni bartaraf etishning yo‘li – uxlashga ertaroq yotish va sutkasiga 8 soatdan kam uxlamaslik.

    Sizga boshqa ko‘zoynak kerak

    Agar ko‘zlaringiz kitob o‘qish vaqtida uchsa, okulist huzuriga borish zarur bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    Qoldirilgan fikrlar (1)

    1. Лола 26 июня 2019 21:04
      Ассалому алейкум кўз учуши сабаби, бу саволга жавобни сизлмрдан топдим рахмат.Мани кўзим 1йилча учиб юрди, ҳар минутда.Давосини сабабини тополмадим.Мана ҳозир рамазон ойи рўзасини бир ой тутиб тугатганимда кўзим учуши йўқолди.Негаки ман бир ой кофе ичмадим, кўз учишига сабаб кўп кофи ичиш ҳам бўлади депсизлар, ман кунида 3 маҳал кофе ичардим.Сабаби шу эканда Раҳмат сизларга.
      0
    » » Nima uchun ko‘z «uchadi»?