Uzoq yashash uchun nima qilish kerak?

  • 27 fevral 2017, 21:40
  • 18 090
  • Hayot tarzi
  • Uzoq yashash uchun nima qilish kerak?

    Har birimiz uzoq va baxtli yashashni xohlaymiz. Lekin yomon ekologiya, noto‘g‘ri ovqatlanish va passiv yashash tarzi umrimizni qisqartirishga yordam beradi. Zararli odatlar vaziyatni yana ham chuqurlashtiradi. Amerikalik yozuvchi Bill Gifford o‘zining «Qarish shart emas!» nomli kitobida qarishning sabablari va unga qarshi kurashish yo‘llari haqida hikoya qiladi. Eng qiziq joylaridan parchalar keltiramiz.

    Biz uzoqroq yashay boshladik

    Odamlar shaxsiy tozalik qoidalariga amal qilishni va toza suvdan foydalanishni o‘rgangandan boshlab ularning umri ancha uzaydi.

    Afsuski, hozircha bu an’ana yashash darajasi baland bo‘lgan mamlakatlargagina xosdir.

    Uzoq yashashning asosiy siri — o‘ziga, o‘zining odatlariga va yashash tarziga e’tiborli munosabatda bo‘lish.

    Ochlik — qarishning oldini oladi

    Ma’lum bo‘lishicha, qancha umr ko‘rishimiz bizning metabolizmga va hujayralarimiz faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekan.

    Uzoq yashash uchun nima qilish kerak?

    Mutaxassislarning fikricha umrni dori-darmonlar yordamida emas, balki o‘ziga halol va vijdonan munosabatda bo‘lish yordamida uzaytirish mumkin ekan. Birinchi navbatda ovqatlanish va jismoniy faollik borasida.

    Ovqatlanishda me’yorni bilish juda zarur. Iste’mol qiladigan taomingizda oqsil va uglevodlar etarlicha bo‘lishiga, qand miqdorining me’yoriga e’tibor bering.

    Jismoniy faollik esa, albatta hayotingizning ajralmas qismi bo‘lishi shart.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Uzoq yashash uchun nima qilish kerak?