Qosh va ko‘z fe’l-atvordan suylaydi

  • 01 mart 2017, 22:46
  • 9 154
  • Hayot tarzi
  • Qosh va ko‘z fe’l-atvordan suylaydi

    Hayotimiz davomida ko‘p insonlar bilan munosabatlarga kirishamiz, biroq ularning fe’l atvori haqida ko‘p ma’lumotga ega emasmiz. Qarangki, bugungi kunda insonning tashqi ko‘rinishiga qarab tabiati, imkoniyatlari va xohish-istaklari haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish imkoni bor ekan. Suhbatdoshingizning popukdek qoshu ko‘ziga qarab, to‘g‘ri muomala qilishni istasangiz ruhshunos Madina Abdurazzoqova bergan ma’lumotlarni yodingizda saqlang.

    Qoshlar nimalar deydi?

    Yoysimon qosh sohiblari

    Yoy, bu — go‘zallik ramzi. Bunday qosh egasi go‘zallik uchun dunyoga kelgan. U istagan narsalariga qiyinchiliksiz erishish qobiliyatiga ega. Tabiiy kamon qoshlar ta’sirchanlik, hissiyotga beriluvchanlik va san’atkorlik xususiyatlaringizni oshkor etmoqda. Shu bilan birga, ko‘zlagan maqsadingizga erishish uchun sizda etarlicha qat’iyat topiladi. Kamon qoshlar munosabatlarda o‘zaro ahillikdan darak beradi.

    Qaldirg‘och qanoti kabi qo‘shilgan qoshlar

    Bundaylarni o‘z maqsadlarga erishish yo‘lida xech narsadan tap tortmaydigan, ushlaganini uzmay qo‘ymaydigan insonlar qatoriga qo‘shish mumkin. Agar qoshning oxiri chakkaga tomon ko‘tarilgan bo‘lsa, odatda bu jahldorlik, tadbirkorlik, mag‘rurlik, o‘ziga bo‘lgan ishonchdan darak beradi.

    Egilgan uchli qoshlar

    Bunday qosh sohibalari odatda o‘z taqdirining yaratuvchisi hisoblanmaydi. Maqsadingizga erishish uchun odamlardan foydalanishdan tiyilishingiz lozim.

    Tekis qoshlar

    Bunday qosh egalari shijoatli, mard, sport va dam olishni xush ko‘ruvchi insonlar bo‘lishadi. Ular odatda uy bekasi roliga umuman mos kelmaydi. Ishda tavakkalchi bo‘lib, turli to‘siqlarni osonlik bilan engib chiqish tekis qosh sohiblariga xos jihat. Atrofdagilar ularni aqlli, o‘z ishini yaxshi biladigan inson sifatida qadrlashadi.

    Burchaklari bo‘rtib chiqqan qoshlar

    Bunday insonlar moliyaviy masalalarda juda uddaburon bo‘lishadi. Shuningdek, ular hayotdan bahra olib yashashni istashadi. Biroq shaxsiy munosabatlarda anchayin beqarordirlar. Beqarorliklari tufayli odamlarda ishonchsizlik uyg‘otadilar.

    Yarimoy shaklidagi qoshlar

    Bu haqiqiy tadbirkor insonning qoshlari. Bunday qosh egalari odatda o‘ta sinchikov va ehtiyotkor bo‘lishadi. Shuningdek, topqirlik, ixtirochilik va o‘ziga kuchli ishonch ham ularga xos xususiyat. Odamlar sizga osonlik bilan ishonch bildirishadi.

    Xususiyatlariga ko‘ra…


    Qalin qoshlar hayotga bo‘lgan chanqoqlik, shijoatni bildirsa, siyraklari beqaror, kam harakat, muloqot doirasi chegaralangan insonlardan darak beradi. Qisqa qoshlilar boshlagan ishlarini oxirigacha etkazishlari amri mahol. Keng qoshlar o‘ziga nisbatan ishonchdan dalolat. Ingichkalari esa, uyatchan va beqarorlikni bildiradi.

    Ko‘zlar qalbdan so‘zlar

    Katta ko‘zlar

    Ko‘zlari katta insonlar ta’sirchan, artistik mahoratga ega, maqsadini ochiq bayon eta oladigan bo‘lishadi. Shuningdek, biroz dangasalik ham ularga xos xususiyat.

    Ko‘z shakli kichik bo‘lsa

    O‘ziga to‘q, biroq kamgap. Odatda ular haddan tashqari rashkchi bo‘lishadi.

    Ohu ko‘zlilar

    Ohu ko‘zlar xushchaqchaq, mehribon, ehtiyotkor va aqlli bo‘lishadi. Ichki sezgilari kuchli rivojlangan bo‘lib, turli vaziyatlarni oldindan ko‘ra oladilar va kutilmagan qiyinchiliklarga tayyor turadilar.

    Bo‘tako‘zlar

    Omadsizlik ular bilan izma-iz yuradi degan qarashlar ham bor. Shuning uchun bo‘lsa kerak faqat foydasi tegishi mumkin bo‘lgan insonlar bilan do‘stlashishga urinishadi. Ko‘pincha ular yolg‘izlikka mahkum.

    Qisiq ko‘zlar

    E’tibor markazida bo‘lishni yoqtirishadi. Boshqalar tomonidan tan olinish ular uchun suv va havodek zarur. Bundaylar tug‘ma boshqaruvchilik xususiyatiga ega bo‘lishadi. Shundan bo‘lsa kerak, nutqlari ham aniq, ravon va ta’sirchan bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qosh va ko‘z fe’l-atvordan suylaydi