09:22 / 02.03.2017
19 918

Ovqatlangandan keyin nimalar qilish mumkin emas?

Ovqatlangandan keyin nimalar qilish mumkin emas?

Agar siz hali ham ovqatdan keyin choy ichish sayr qilish kabi hazm qilishga yordam beradi deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Bu maqolamizda ovqatlanishdan keyin nimalar qilish mumkin emasligi to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Sport va sayr qilish

Aslini olganda ovqatdan keyin sayr qilish me’daning sustlashishiga olib keladi.

Yaxshisi, ovqatlanishdan yarim soat oldin sport bilan shug‘ullanish va yarim soatdan so‘ng esa sayr qilgan ma’qulroqdir.

Choy va mevalar

Choylar (shu jumladan ko‘k choy ham) tarkibidagi kislotalar organizmda temirning hazm bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ovqat hazm qilish jarayoni buzilmasligi uchun mevalarni ham ovqatlanish vaqtidan boshqa alohida vaqtlarda eyish tavsiya qilinadi.

Chekish

Tamaki tarkibidagi nikotin ichaklarni qo‘zg‘atish belgilarini paydo qiladi, hatto yo‘g‘on ichak saratonini ham keltirib chiqarishi mumkin.

Nosog‘lom uyqu

Tushlikdan yoki kechki ovqatdan so‘ng yonboshlab olish zararli, chunki hazm qiluvchi shiraning oshqozondan qayta qizilo‘ngachga o‘tishi zarda qaynashiga sabab bo‘ladi.

Cho‘milish

Kechki ovqatdan so‘ng darrov vanna qabul qilish mumkin emas.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ovqatlangandan keyin nimalar qilish mumkin emas?