Organizmning e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan signallari

  • 03 mart 2017, 13:01
  • 6 074
  • Hayot tarzi
  • Organizmning e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan signallari

    Organizmda nimadir yuz bera boshlasa u bizga biron-bir ishora bilan belgi berishi mumkinligi to‘g‘risida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, ko‘pincha tanadagi har xil toshmalar va o‘zgarishlar kasallik paydo bo‘lishidan darak berishi mumkin.

    Og‘iz qurishi

    Bu stress va xafagarchilik ta’sirida bo‘lishi mumkin. Og‘iz qurishi o‘tib ketmasa va siz serjahl bo‘lib qolsangiz, unda bu holat sizga B3 vitamini (nikotin kislota) etishmasligining belgisidir.

    Ko‘kimtir dog‘lar

    Bu alomat qonning quyulishi yoki jigar faoliyati muammolaridan darak beradi.

    Shishgan qovoqlar

    Shu bilan birga umumiy charchoqlik va terining xira tortish belgilari paydo bo‘lsa, bu buyraklaringiz bilan bog‘liq muammolardan darak beradi.

    Burunning tez-tez qonashi

    Bu qon bosimining ko‘tarilishi yoki K vitamini etishmasligidan darak beradi.

    Lablarning qurishi

    Shuningdek, og‘iz burchagi mushaklarining bo‘shashganini, diqqatni to‘plash bilan muammolarni va sochlaringiz to‘kilayotganini sezgan bo‘lsangiz, bu holat sizga vitamin B2 (riboflavin) etishmasligidan dalolat beradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Organizmning e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan signallari