12:54 / 05.03.2017
8 079

Ishga kirishni xohlaysizmi? Tana tilini o‘rganing!

Ishga kirishni xohlaysizmi? Tana tilini o‘rganing!

Hammaga ma’lumki, birov to‘g‘risidagi taassurot birinchi ko‘rishdayoq paydo bo‘ladi. Agar siz o‘ziga ishongan odam sifatida taassurot qoldirmoqchi bo‘lsangiz, sizning tanangiz ham bu taassurotga mos kelishi kerak. Tananing tili nima?

Tana tili — ruhiy kechinmalarimizni, fikrlarimiz va hissiyotlarimizni tanamiz qismlarining harakatlari orqali ifodalash.

Tana tili bo‘yicha mutaxassislar Lilian Glass, Patti Vud va Tonya Reymanlar yaxshi taassurot qoldirish uchun suhbat paytida o‘zini qanday tutish kerakligi to‘g‘risida hikoya qiladi.

Bemalol yuring

Xonaga qanday kirishingiz juda katta rol o‘ynaydi. Elkalaringizni to‘g‘rilang va bo‘yningizni to‘g‘ri tuting. Yurishingiz yengil bo‘lishi kerak.

Qulay joylashing

Birinchi qiladigan ishingiz — o‘tirish, qaddingizni rostlash va stul suyanchig‘iga suyanish. Bu suhbatdoshingizga uning oldida siz ochiqcha va o‘zingizga ishongan ekanligingizni anglashga yordam beradi.

Harakatlaringizga e’tibor bering

Qo‘llaringizni nima qilishni bilmasangiz, stol ustiga qo‘ying. Bu bilan siz hatto hayajonli holatlarda ham o‘zingizni tuta olishingizni namoyish qilgan bo‘lasiz.

Chuqur nafas oling

Asablarni tinchlantirish yo‘llaridan biri — to‘g‘ri nafas olish.

Suhbat chog‘ida bosh irg‘iting

Suhbatdoshingizga uni diqqat bilan tinglayotganingizni va tushunayotganingizni bildirish juda muhim. Buning eng yaxshi yo‘li — kerakli vaqtlarda bosh irg‘itish.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ishga kirishni xohlaysizmi? Tana tilini o‘rganing!