Fotogalereya: Dunyoning eng chiroyli binolari

  • 06 mart 2017, 08:53
  • 9 372
  • Hayot tarzi
  • Business Insider jurnali xodimlari yangi tendensiyalar o‘rnatib, arxitektura sohasida haqiqiy inqilobni amalga oshirgan dunyoning eng chiroyli binolari reytingini tuzdi. Buning uchun ekspertlar arxitektorlar orasida so‘rov o‘tkazdi. Daryo ana shunday maftunkor binolar suratlarini taqdim etdi.

    1. Parfenon
    Parfenon Afina xudosi sharafiga Afinada barpo etilgan Akropolning eng muhim binosidir. Bino mamlakat bo‘ylab eng yaxshi qurilish materiallari keltirilgan holda 15 yildan ortiq vaqt davomida qurilgan. Parfenondagi har bir kichik detal o‘ziga xos shaklga ega.
    Fotogalereya: Dunyoning eng chiroyli binolari

    2. Braziliya Milliy kongressi saroyi
    Mazkur saroyda Braziliya Milliy kongressining majlislari bo‘lib o‘tadi. Bino mashhur arxitektor Oskar Nimeyerning loyihasi asosida qurilgan. Bu haqiqiy futuristik fantaziyadir.

    3. Pekindagi taqiqlangan shahar
    Bu dunyodagi eng katta saroy majmuasi: uning maydoni 720 ming kvadrat metrdir. Taqiqlangan shahar XV asrda qurilgan. Uning barpo etilish o‘rnini aniqlagan astronomlar fikricha, bu joy er sharining markazidir.

    4. Florida politexnika universiteti — Ilm-fan, innovasiyalar va texnologiyalar kampusi
    Bu arxitektura mo‘’jizasi 2014 yilda ochildi. Biroq bu qisqa davr ichida bino Floridaning haqiqiy madaniy ramziga aylandi. Ilmiy markaz ispaniyalik Santyago Kalatrava tomonidan qurilgan bo‘lib, qurilish ishlari uchun 60 million dollarga yaqin mablag‘ sarflangan.

    5. Amsterdamdagi Xubertus uyi
    Xubertus uyi yarim asr avval barpo etilgan. U yolg‘iz ota-onalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy turar-joydir. Aynan shuning uchun mazkur olti qavatli bino yorqin ranglarga bo‘yalgan.

    6. Nyu-Yorkdagi Empire State Building osmono‘par binosi
    Empire State Building arxitekturada haqiqiy burilish yasadi: bino qurilgan paytda (1931 yil) originallik va balandligi bo‘yicha unga o‘xshash bino bo‘lmagan. Uzoq vaqt davomida bu osmono‘par bino sayyoraning eng baland binosi bo‘lib keldi.

    7. Niteroydagi Zamonaviy san’at muzeyi
    Oskar Nimeyerning yana bir mo‘’jizasi bo‘lib, u ham Braziliyada joylashgan. «Qachonlardir shahar ustidan uchib o‘tgan uchar likopcha bu joylarning chiroyiga maftun bo‘lib, shu erda abadiy qolishga qaror qilgan», — deydi arxitektor mazkur bino xususida.

    8. Yaponiyaning Osakadagi Ranglar ibodatxonasi
    Mazkur cherkov 1989 yilda qurilgan. Loyiha ustida mashhur arxitektor Tadao Ando ish olib borgan. Ibodatxona Xudo bilan muloqot qilish uchun ortiqcha hasham kerak emasligining isbotidir.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Fotogalereya: Dunyoning eng chiroyli binolari