11:17 / 07.03.2017
12 070

Sifatli jinsi shim qanday tanlanadi?

Sifatli jinsi shim qanday tanlanadi?

Uzoq vaqtlargacha jinsilar asosan Amerika kovboylari – oltin izlovchilar va fermerlarning kiyimi bo‘lib hisoblangan. O‘tgan yarim asr davomida jinsilar liboslarimizning asosiy qismiga aylandi. Maqolamizda sifatli jinsilarni tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Gazlama

Sifatli jinsilarni tanlash matosini tanlashdan boshlanadi. Klassik paxta matolar qalin, g‘adir-budir va og‘irroq bo‘ladi.

To‘qilishi unchalik bilinmaydigan, teskari tomoni ham ustki tomoni kabi bo‘yalgan matoli jinsilar sifatsiz hisoblanadi. Klassik jinsi matolari tarkibi 100% paxtadan iborat bo‘ladi. Lekin oxirgi vaqtlarda unga 2—7% elastin qo‘shiladigan bo‘ldi. Elastin matoning cho‘zilish xususiyatini oshiradi.

Aksessuarlar

Jinsilarning furnitura, etiketka, o‘ziga xos tikilishiga qarab sifatli yoki sifatsizligini bilib olsa bo‘ladi. Sifatli jinsilar furniturasi – zanjirsimon yopqichdan tortib tugmasigacha metalldan ishlangan bo‘ladi.

Sifatli jinsilar yorliqlari har doim qalin matodan, undagi yozuvlar esa kashta kabi tikilgan bo‘ladi.

O‘lcham

Agar gazlama sifati va furniturasi joyida bo‘lsa jinsini kiyib ko‘rishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchi firmalar turiga qarab jinsilar o‘lchamlari ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun jinsini o‘lchab ko‘rmasdan turib tanlash qiyin.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sifatli jinsi shim qanday tanlanadi?