Har bir qomatga mos tushuvchi universal kiyim-kechaklar

  • 08 mart 2017, 10:31
  • 7 617
  • Hayot tarzi
  • Har bir qomatga mos tushuvchi universal kiyim-kechaklar

    Kiyim-kechaklar ichida hammaga mos tushadigan va har qanday vaziyatda ham kiyish mumkin bo‘lgan kiyimlar mavjud.

    Aslini olganda, haqiqiy to‘g‘ri bichimdagi jinsilarni sotib olishga anchagina vaqtingiz ketsa ham, natijasi bunga mutlaqo loyiq. To‘g‘ri bichim qomatingizni birmuncha uzun va nozik qilib ko‘rsatadi.

    Klassik shakldagi lodochkalar hammaga mos keladi. Eng muhimi — lodochkaning tumshug‘i unchalik o‘tkir yoki uzun bo‘lmasligi, tuflining o‘lchami esa albatta o‘zingizga loyiq bo‘lishi shart. O‘rtacha balandlikdagi yoki pastroq poshnada kun bo‘yi charchoq his qilmasdan yurishingiz mumkin.

    Krossovkalar allaqachon sport kiyimlari qatoridan kundalik uslubga o‘tishga ulgurdi. Hatto ba’zilar ularni kecha liboslari bilan ham kiyishmoqda.

    1—2 juft universal uslubdagi krossovkalarni tanlang va ularni xohlagan kiyimlaringiz bilan kiyishingiz mumkin.

    Yo‘l-yo‘l chiziqli maykalar garderobning universal bo‘laklaridan biri ekanligi sizni ajablantirishi tabiiy. Yo‘l-yo‘l chiziqlari sizni to‘la qilib ko‘rsatishidan qo‘rqmasdan, pidjak tagidan bemalol kiysangiz bo‘ladi.

    Pidjaklar ham har qanday qomatga mos tushadi. Uni nozik va ixcham qilib ko‘rsatadi. Aynan erkaklar uslubidagi qora rangli emas, balki yumshoq va ochiq rangli pidjaklarni tanlaganingiz ma’qul.

    Manba: Daryo

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Har bir qomatga mos tushuvchi universal kiyim-kechaklar