Past bo‘yli erkaklar sochi erta to‘kiladi

  • 09 mart 2017, 19:47
  • 6 548
  • Hayot tarzi
  • Past bo‘yli erkaklar sochi erta to‘kiladi

    Past bo‘yli erkaklar sochlardan ertaroq ayrilishi mumkin, deb ogohlantirmoqda olimlar. Bonn universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotning ko‘rsatishicha, bo‘yi pastlik va sochlardan erta ayrilishga bir xil genlar javob beradi. Ilmiy izlanish natijalari Nature Communications jurnalida e’lon qilindi.

    Keng ko‘lamli genetik tadqiqotda erta soch to‘kilishiga uchragan 11 ming va hozircha sochi yaxshi holatda bo‘lgan 12 ming erkak ishtirok etdi. Bo‘yi pastlik va soch to‘kilishiga testosteron ishlab chiqarish uchun javobgar bo‘lgan genlar sababchi ekan. Testosteron ortiqcha darajasi o‘smirlik davrida bo‘y o‘sishini sekinlashtiradi hamda erta soch to‘kilishiga olib keladi.

    Tadqiqot mualliflarining fikricha, agarda avloddagi barcha erkaklarning bo‘yi past bo‘lgan, biroq soch to‘kilishidan aziyat chekmagan bo‘lishsa, xavotirga o‘rin yo‘q. Biroq soch to‘kilishini uning paydo bo‘lishidan avval to‘xtatish ancha muammoli. Eng samarali usul bu – soch to‘kilishiga qadar uni butunlay qirib tashlash, buning evaziga qondagi testosteron miqdori ancha pasayadi.

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Past bo‘yli erkaklar sochi erta to‘kiladi